Lapkin Kuzma Ivanovich




Lapkin Kuzma Ivanovich (1904.31.10, hozirgi Ukraina, Xerson viloyati Genichesk shahri — 1989.19.7, Toshkent) — iqtisodchi olim, Oʻzbekistan Fanlar akademiyasi akademik (1979), Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1964), professor (1968). Oʻrta Osiyo universitetining iqtisodiyot fakultetini tugatgan (1930. 1930-37 yillarda Oʻrta Osiyo davlat plan komiteti (Sredazgosplan) Iqtisodiy tadkiqotlar institutida ilmiy xodim, Planlashtirish institutida oʻqituvchi. 1937—54 yillarda qatagʻonga uchragan. Oʻzbekiston chorvachilik instituti (1954— 57), Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi iqtisodiyoti instituti (1957—72) da boʻlim mudiri. Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Ishlab chiqaruvchi kuchlarni oʻrganish kengashida sektor mudiri, rais oʻrinbosari (1972—79), Fanlar akademiyasi vitse-prezidenti (1981—87), akademiya Prezidenti maslahatchisi (1987-yildan). Ilmiy ishlari qishloq xoʻjaligini rejalashtirish va boshqarish, k-xni ixtisoslashtirishning nazariy asoslari, qishloq xoʻjaligini rivojlantirishning istiqbollarini prognozlash masalalariga bagʻishlangan. Beruniy nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti laureati (1975).

Manbalar





uz.wikipedia.org

TEZ YUK MARKAZ

Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish

Guruhga kirish


Uzpedia.uz