Laos Futbol Federatsiyasi
Laos futbol federatsiyasi (laos. ສະຫະພັນ ບານເຕະ ແຫ່ງຊາດ ລາວ; fransuzcha: Fédération Lao de futbol) futbol organi. U Laos milliy futbol terma jamoasi, shuningdek, mamlakatning asosiy chempionati hisoblangan Lao 1-ligasi va quyi liga Lao-liga 2, LFF Lao Ford Cup - Laosdagi asosiy futbol kubogi musobaqasi kabi milliy musobaqalar uchun javobgardir. Laos Futbol Federatsiyasining shtab-kvartirasi mamlakat poytaxti hisobalangan - Ventyan shahrida joylashgan. Federatsiyaga 1951-yilda asos solingan. Federatsiya tashkil etilganidan bir yil o'tib 1952-yilda FIFAga a'zo bo'ldi. Ammo Osiyo futbol Konfederatsiyasiga a'zo bo'lish uzoq vaqt davom etdi. Vanihoyat 1968-yilda Osiyo Futbol Konfederatsiyasi tarkibiga qabul qilindi. 1996-yilda Janubi - Sharqiy Osiyo Millatlar Uyushmasi bo'lmish ASEANga aʼzo boʻlgan. Ko'p yillik ichki nizolardan so'ng, Laos iqtisodiy va siyosiy tiklanish yo'lida. Mamlakat siyosiy barqarorlikka erishgach, futbol sezilarli darajada rivojlandi. Janubiy-Sharqiy Osiyo o'yinlarida ishtirok etganidan beri Laos terma jamoasi 1995-yil ASEAN futbol chempionatida (Tiger Cup) ishtirok etdi. Garchi mintaqaviy turnirlar uchun yangi bo'lsa-da, Laos o'zining iste'dodli futbolchilarini namoyon qildi.
2012-yildan beri Yaponiya futbol assotsiatsiyasi Laos futbol federatsiyasining iltimosiga koʻra, Kokichi Kimura tomonidan Osiyo hissasi loyihasi doirasida murabbiy sifatida erkaklar vakili etib tayinlangan. Bundan tashqari, Key Xomma ayollar vakili etib tayinlandi.
Bu organ, shuningdek, bir nechta Laos terma jamoalarining nazorat organi hisoblanadi, xususan:
Prezidentlar
Bountiem Phissamay yoki Bounteim Phitsamai (1942-yil 15-sentabrda tug'ilgan) - laoslik siyosatchi va olim. Laos Futbol Federatsiyasining ilk prezidenti hisoblanadi.
Xodimlar
Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org