Lanzarote aeroporti




César Manrique-Lanzarote aeroporti (IATA: ACE , ICAO: GCRR ) (ispancha: Aeropuerto de César Manrique-Lanzarote), qisqacha Lanzarote aeroporti va Arrecife aeroporti nomlari bilan tanilgan, Kanar orollaridagi Lanzarote oroliga xizmat koʻrsatadigan aeroport hisoblanadi. Aeroport San-Bartolomeda, orolning poytaxti Arrecifedan 5 kilometr (3.1 mi) janubi-gʻarbda joylashgan. Har yili yuz minglab sayyohlar Yevropa aeroportlaridan bu yerga parvoz qiladi, shuningdek, Ispaniyaning boshqa aeroportlariga ichki reyslar amalga oshiriladi. Aeroport 2018-yilda 7 327 019 yoʻlovchiga xizmat koʻrsatgan.

Tarixi



Dastlabki yillar




1930-yillarda orolni boshqa orollar hamda materik bilan bogʻlash, shuningdek, samolyotlarga yonilgʻi quyish punkti qurish zarurati tufayli aerodromga ehtiyoj tugʻildi. Natijada Llanos de Guasimetada aerodrom qurildi. Aeroportga qoʻngan birinchi samolyot 1941-yil 24-iyulda Junkers Ju 52 EC-DAM samolyoti edi. Keyin Ispaniya havo kuchlari mudofaa maqsadlarida doimiy aerodromga ehtiyoj sezdi va bu aerodrom Arrecifeda qurildi. 1946-yilda aeroport vaqtincha fuqarolik samolyotlarini qabul qildi. Mavjud obyektlarda rekonstruksiya ishlari olib borildi, uchish-qoʻnish yoʻlagi kengaytirildi va qoʻshimcha pandus maydoni ajratildi.

Boshqaruv markazi bilan birga yangi yoʻlovchi terminali qurildi va 1970-yil 3-martda xalqaro va mahalliy reyslar aeroportdan foydalana boshladi. Guacimeta terminalining markaziy qismida ispan rassomi César Manrique tomonidan yaratilgan Lanzarote nomli devoriy surat joylashgan edi.

1990-yillardan boshlab rivojlanishi



Aeroportdan foydalanuvchilar sonining koʻpayishi undagi obyektlarning yaxshilanishini talab qildi. Aeroportda qoʻshimcha saqlash punktlari bilan birgalikda 03/21 uchish-qoʻnish yoʻlagi uchun DME, ILS va VOR qurilmalari oʻrnatildi. Shuningdek, yangi uchish-qoʻnish yoʻlagi yoritgichlari va oʻt oʻchirish punkti foydalanishga topshirildi. 1999-yilda yiliga 6 million yoʻlovchiga xizmat koʻrsatadigan yangi yoʻlovchi terminali ochildi (1-terminal). Oʻshandan beri dastlabki yoʻlovchi terminali qayta tiklandi va endi orollararo parvozlar uchun foydalanilmoqda (2-terminal)=.

2002-yilda sayyohlar va mahalliy aholining orolning aviatsiya merosiga boʻlgan qiziqishiga ortidan Aena Guacimeta yoʻlovchi terminalidan aviatsiya muzeyi sifatida foydalanishga qaror qilindi. Muzey oroldagi aviatsiya tarixi haqida toʻliq va batafsil maʼlumot beradi. Muzeyda bir qator audio-vizual taqdimotlar mavjud.

Mahalliy rassom César Manrique qoldirgan merosga hurmat sifatida aeroportning rasmiy nomi 2019-yilda rassom tavalludining 100 yilligida oʻzgartirildi.

Aviakompaniyalar va yoʻnalishlar



Lanzarote aeroportida quyidagi aviakompaniyalar tomonidan muntazam va charter reyslari amalga oshiriladi:

Yer usti transporti



Lanzarote aeroportini orolning qolgan qismi bilan bogʻlaydigan toʻrtta avtobus yoʻnalishi mavjud. Aeroport 22 va 23 avtobus yoʻnalishlari orqali Arrecife shahriga, 161 va 261-yoʻnalishlar orqali Playa Blanca va Puerto del Carmen shaharchalariga ulangan.

Statistika



Yoʻlovchilar oqimi




Parvoz yoʻnalishlari statistikasi




Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz