Langardaryo
Langardaryo yoki
Langar — Qashqadaryoning chap irmogʻi (Qashqadaryo viloyati). Hisor tizmasining jan.-gʻarbiy tarmogʻi — Yakkabogʻ tizmasidan (2200–2300 m) boshlanib gʻarbga oqadi. Uz. 76 km, havzasining maydoni 258 km². Yuqori qismi chuqur va tor vodiyda oqadi. Langar qishlogʻi yaqinida vodiysi kengayadi. Oʻrtacha koʻp yillik suv sarfi 0,9 m³/ sek; maksimal suv sarfi aprel—mayda. Qor va yomgirlardan suv oladi. Yoz oylarida suvi sugʻorishga sarflanib, Qashqadaryoga yetib bormaydi. Bahor oylarida daryodan kuchli sel kelish hollari kuzatiladi. Langardaryoda gidrometrik post tashkil etilgan.
Manbalar
uz.wikipedia.org