Langar




Langar — 1) kema va boshqa suzib yuruvchi vositalar (mayoq, bochka, zemsnaryad) ni suv yuzida bir joyda tutib turadigan moslama. L. mustahkam, ishlatilishga qulay, istalgan grunt bilan puxta tishlashadigan bulishi kerak. L.ning doimiy, suzuvchi va vintsimon xillari bor. L.ning asosiy detali sterjen. Sterjenning bir uchidan kaftli shox, ikkinchi uchida zanjir bogʻlash uchun teshigi (skobasi) bor. Baʼzi konstruksiyalarida skobadan pastrokda shtok buladi; 2) dorbozlar dor ustida muvozanat saqlash uchun foydalaniladigan uzun (odatda, 6—6,5 m) tayoq, langar choʻp; 3) qayiqchilar qayiqni sayoz joydan olib oʻtayotganda ishlatiladigan tayoq.

Manbalar






uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz