La-korunya




La-korunya — Ispaniyadagi shahar, Galisiya muxtor viloyatida. LaKorunya provinsiyasining maʼmuriy markazi. Aholisi 367,7 ming kishi (1998). Atlantika okeani sohilidagi port. Neftni qayta ishlash, alyuminiy, kemasozlik, oziq-ovqat (asosan, baliqni qayta ishlash), toʻqimachilik sanoati korxonalari bor. Qurol ishlab chiqariladi. Baliq ovlanadi. 12—18-asrlarga oid meʼmoriy yodgorliklari saqlangan.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz