Laia Codina




Laia Codina Panedas (2000-yil 22-yanvarda tugʻilgan) — ispaniyalik futbolchi, La Liganing Barselona klubida markaziy himoyachi sifatida oʻynaydi. U Ispaniya terma jamoasini bir necha yoshlar terma jamoalari sharafini himoya qilgan.

Hayoti va taʼlimi



Kataloniyaning Girona provinsiyasi, Kampllong shahrida tugʻilgan Kodina toʻrt yoshida futbol oʻynay boshlagan. Bolaligida u Kassa de la Selvaning Girona munitsipalitetidan boʻlgan Unió Deportiva Kassaning quyi toifalaridagi oʻyinchi edi. 14 yoshigacha u oʻgʻil bolalar jamoalarida oʻynagan. 2014-yilda u „Barsa“ bilan shartnoma imzoladi.

Codina Universidad de Vic da jurnalistika fakultetida tahsil oladi.

Klublardagi faoliyati



Barselona



2014-yilda Codina „Barselona“ bialn shartnoma imzoladi. 2017-yilda 16 yoshida u Barselona B ga oʻtdi. Codina oʻrinbosarlar jamoasining yetakchilaridan biri boʻlib, Segunda División Pro ga koʻtarilganda jamoa sardor boʻldi.

2019-yilning yozida klub Codina asosiy tarkib oʻyinchisi boʻlishi eʼlon qildi, ammo mavsum oxirigacha asosan zaxira oʻyinchisi boʻlib. 2020-yil iyun oyida uning shartnomasi 2022-yilga qadar uzaytirildi, bundan tashqari keyingi mavsumda asosiy jamoaga oʻtish belgilandi.

2019-yil 13-oktyabrda u ligadagi debyutini Sporting de Huelvaga qarshi oʻyinda oʻtkazdi. Toʻrt kundan soʻng u UEFA Ayollar Chempionlar Ligasida Minskka qarshi 1/8 final oʻyinida debyut qildi.

Oʻzining birinchi mavsumida asosiy jamoa oʻyinchisi sifatida Codina 3 raqamni oldi. 2020-yilning noyabr oyida u Ispaniya U20 terma jamoasi oʻyinida oʻng tizzasidadan jarohat oldi soʻng operatsiya qilindi.. 2021-yil mart oyida u jarohati tuzaldi va yana oʻynay boshladi.

Milanga ijaraga
2021-yil 29-iyulda Codina Italiyaning „Milan“ klubi bilan bir yillik ijara shartnomasini imzoladi.

Xalqaro martaba



Codina Ispaniyaning bir qancha yoshlar terma jamoalarida jumladan, 17 yoshgacha, 19 yoshgacha va 20 yoshgacha boʻlgan terma jamoalarda muntazam oʻynagan. 2018-yilning yozida u Xorxe Vilda tomonidan 19 yoshgacha boʻlgan ayollar oʻrtasidagi 2018-yilgi UEFA chempionatida ishtirok etish uchun tanlangan. Codina terma jamoasi bilan finalda nemis jamoasini magʻlub etganidan soʻng Ispaniya terma jamoasi bilan 19 yoshgacha boʻlganlar oʻrtasida Yevropa chempioni boʻldi.

2019-yil iyul oyida Codina Pedro Lopes tomonidan 2019-yilda Shotlandiyada boʻlib oʻtadigan 19 yoshgacha boʻlgan ayollar oʻrtasidagi UEFA chempionatida Ispaniya vakili sifatida tanlandi. Jamoa yarim finalda Fransiyadan magʻlub boʻlib chiqib ketdi.

Yutuqlar



Klub



FC Barselona

Xalqaro



Ispaniya U19

Manbalar



Havolalar




Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz