Lahmakun




Lahmajun (arabcha: لحم بعجين ‎ bi-adjin- „xamirli goʻsht“, armancha: Լահմաջո, turkcha: Lahmacun) sharqona xalqlarning mashhur taomidir. Milliy Xoxishlargaga koʻra, uni arman, turk yoki arab pitsasi deb atashadi. Taomning asosiy komponenti qarsildoq yupqa yopgan non boʻlib, unga qiymalangan goʻsht (asosan qoʻy goʻshti, kamdan-kam hollarda mol goʻshti), pomidor yoki uning sousi, bolgar qalampiri, piyoz, sarimsoq, koʻkatlar, qora murch, oregano solinadi. Toʻgʻri pishirilgan lahmakunning vazni taxminan 150-170 grammni tashkil qiladi.

Armanistonda Sovet ittifoqi davrida, 1960-yillarda lahmajun Suriyaning Halab shahridan kelgan repatriantlar tufayli mashhurlikka erishdi.

Tarixi



Sharqda obi nonlar bir necha asrlardan buyon tayyorlanib kelinadi. Ularni tandirda yopishadi, metal tova va sajlarda qovurilgan. Isteʼmol qilishga va olib yurishga qulay boʻlishi uchun goʻsht va boshqa mahsulotlar non ichiga solinib, soʻng oʻralgan. Bu turdagi taomlarning koʻpchiligi (lahmakun bilan birga — masalan, sfiha va manakish) bir vaqtlar Usmonlilar imperiyasi tarkibiga kirgan mamlakatlarda, birinchi navbatda, Turkiya, Suriya, Livan, Iroq va Armanistonda mashhur boʻldi.

Istanbulda bu taom 20-asrning oʻrtalarida paydo boʻlgan, unga qadar esa mamlakatning janubi-sharqiy hududlaridagina keng tarqalgan edi. 2016-yilda Rossiyada ochilgan, asosan lahmakun tayyorlashga moʻljallangan, arman oshxonasiga ixtisoslashgan ikki restoran turk matbuotida noroziliklarga sabab boʻldi.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz