Lagos (Nigeriya)




Lagos (inglizcha: Lagos) — Nigeriyadagi shahar. Lagos shtatining maʼmuriy markazi. Atlantika okeanining Gvineya qoʻltigʻidagi Benin qoʻltigʻi sohili va unga yondosh orollarda joylashgan. Aholisi 1,5 mln. kishi (1990-yillar oxirlari). Lagos mamlakatning yirik siyosiy, iqtisodiy va maʼmuriy markazi. Mamlakatning eng muhim porti. Aeroporti xalqaro ahamiyatga ega. 15-asr oxirida hozirgi Lagos oʻrniga portugallar kelib oʻrnashgan. 1861-yilda ingliz mustamlakachilari egallagan. 1914—60 yillarda ingliz mustamlakasi boʻlgan Nigeriyaning maʼmuriy markazi. 1960—92 yillarda Nigeriya poytaxti. Mamlakat sanoatining 1/2 kismi Lagosda toʻplangan. Oziq-ovqat, toʻqimachilik, metallsozlik va boshqa sanoat korxonalari, radioapparaturalar zavodi, kemasozlik va kema verfi, universitet (1862), milliy muzey, kutubxona bor.

Manbalar





uz.wikipedia.org

TEZ YUK MARKAZ

Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish

Guruhga kirish


Uzpedia.uz