Laffasiy (1880-1945)



Laffasiy (taxallusi; asl ismi Hasanmurod Muhammad Amin o‘g‘li) (1880 — Xiva — 1945) — o‘zbek shoiri, tarixchi va tazkiranavis. Madaminxon madrasasida ta’lim olgan.

Laffasiy o‘zining «Xiva shoir va adabiyotshunoslarining tarjimai hollari» tazkirasida xalq orasida mashhur bo‘lgan Munis Xorazmiy, Ogahiy, Rog‘ib, Feruz va Chokar kabi 51 nafar xorazmlik ijodkorning tarjimai holi va ijodi haqida ma’lumot bergan. Asarda Laffasiy o‘z she’rlaridan ham namunalar keltirgan.


Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz