Ladakh




Ladakh — Katta Himolay togʻlarining shimolidagi togʻ tizmasi, Hindiston va Xitoyda. Uz. 600 km dan ziyod. Eng baland joyi — Gurla-Mandxata togʻi, 7728 m. Asosan, gneys va granit, shuningdek, choʻkindi jinslardan tuzilgan. Shim.-sharqiy yon bagʻirlari nisbatan yotiq; 5500–5700 m balandlikda yer yuzasi tekis, morenalar bilan qoplangan. Qoyali uchli choʻqqilari qor va muzliklar bilan qoplangan. Jan.-gʻarbiy yon bagʻrida siyrak butalar usadi, shim.-sharqida landshafti sovuq choʻldan iborat.

Manbalar





uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz