Labradorit




Labradorit — gabbrolar guruhiga mansub magmatik togʻ jinsi. Tarkibini, asosan, Labrador, bir oz piroksen va minerallar tashkil etadi. Toʻq kulrang yoki qora boʻladi. L. silliqpanganda yaltirab, koʻk-yashil tusda tovlanadi. Binolar, monumentlar devorini bezashda ishlatiladi. L. konlari Rossiya (Ural), Ukraina, Kanada, AQShda uchraydi. Oʻzbekistonda Quljuktovda borligi maʼlum. Toshkentdagi bir necha haykalning asosi va koʻplab maʼmuriy binolar L. bilan bezatilgan.

Manbalar






uz.wikipedia.org

TEZ YUK MARKAZ

Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish

Guruhga kirish


Uzpedia.uz