Labrador




Labrador — Shimoliy Amerikaning shim.-sharqiy qismidagi yarim orol. Kanada hududi. Atlantika okeani, Labrador dengizi, San-Lavrentiy qoʻltigʻi, Gudzon qoʻltigʻi va Gudzon boʻgʻozi bilan oʻralgan. Maydoni 1,6 mln. km². Tokembriy jinslaridan tashkil topgan. L. geologik jihatdan Kanada qalqonining bir boʻlagi, orografik jihatdan Lavrentiy qirlarinit sharqiy qismi. Tepalik koʻp (balandligi 200–800 m), antropogen muzlarining izi saqlangan.

Sharqiy qismi balandroq (Torngat togʻi, 1676 m). Markaziy qismining balandligi 500–800 m. Iqlimi subarktika va moʻʼtadil iqlim. Yanv.ning oʻrtacha temperaturasi jan.-sharqida —12° dan shim.-gʻar-bda —28° gacha, iyulniki 7—18°. Yillik yogʻin 250–1200 mm. L hududining katta qismi toʻng yerlar, koʻl va botqoqlik koʻp. Oʻsimliklari oʻrmon-tundra hamda qoraqaragʻay, oqqaragʻay, tilogʻochli siyrak oʻrmonlardan iborat. Jan.da tayga oʻrmonlari, yaylovlar bor. Foydali qazilmalardan temir, titan va nikel rudalari olinadi. Moʻynali hayvonlar va baliq ovlanadi. Asosiy aholi punktlari: Set-Il, Sheffervill.

Manbalar





uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz