Laboratoriya hayvonlari




Laboratoriya hayvonlari - biol., tibbiyot, veterinariya va qishloq xoʻjaligida ilmiy maqsadlarda foydalaniladigan hayvonlar. Laboratoriya hayvonlari eksperimentdan koʻzda tutilgan maqsadlarga muvofiq tanlab olinadi. Bunda tadqiqotning ishonchli boʻlishini taʼminlash bilan birga olinadigan hayvonning biologik xususiyatlari, uni koʻpaytirish va boqish imkoniyatlari hamda etik aspektlar ham hisobga olinadi. Laboratoriya hayvonlari sifatida sodda bir hujayralilardan tortib sut emizuvchilargacha boʻlgan barcha hayvonlardan foydalanish mumkin. Baqalar, sichqonlar (barcha Laboratoriya hayvonlarining 70%), kalamushlar, dengiz choʻchqachalari, itlar, mushuklar, quyonlar, maymunlar; umurtqasizlardan — koʻpchilik hasharotlar (mas, drozofilalar), chuvalchanglar, kanalar anʼanaviy Laboratoriya hayvonlari hisoblanadi. Baʼzan qushlar, toshbaqalar, baliklar va boshqa hayvonlar bilan ham eksperiment oʻtkaziladi. Tajribalarda Laboratoriya hayvonlari ning maxsus yetishtirib chiqarilgan inbred va sof liniyalaridan va mikrobsiz hayvonlar (gnotobiotlar)dan keng foydalaniladi. Laboratoriya hayvonlari vivariylarda boqiladi.

Manbalar





uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz