Labirintit




Labirintit — ichki quloq — labirintning yalligʻlanishi. Kasallik qoʻzgʻatuvchi mikroorganizm yoki toksin ichki quloqqa qaysi yoʻl bilan oʻtganligiga qarab timpanogen (oʻrta quloqdan), meningogen (miya qobigʻidan) va gematogen L.ga ajratiladi. Kasallik oʻtkir va surunkali, serroz va yiringli, nekrozli turlarga boʻlinadi; yalligʻlanish jarayoni cheklangan yoki tarqoq boʻlishi ham mumkin. L.da bosh aylanishi, ogʻrishi, qusish, quloq shangʻillashi, muvozanat buzilishi, nistagm va boshqa kuzatiladi. Davo kasallikning kechishi va xiliga qarab buyuriladi.

Manbalar






uz.wikipedia.org

TEZ YUK MARKAZ

Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish

Guruhga kirish


Uzpedia.uz