Labirint




Labirint (yun. labyrinthos) — xonalari behad koʻp, yoʻlaklari odamni adashtiruvchi ulkan bino. Yunon mifologiyasida Krit o. podshosi Minos uchun meʼmor va mohir mexanik Dedal L. kurgan. Xavara (qad. Misr)dagi Amenemxet III ibodatxonasi (miloddan avvalgi 19-asr maydoni taxminan 72 ming m2) bir necha zallardan iborat boʻlib, haykal va boʻrtma tasvirlar bilan bezatilgan. 3 mingga yaqin xonasi boʻlgan.

Koʻchma maʼnoda — kishini chalgʻitadigan murakkab joy, ilojini topish qiyin boʻlgan holat.

Manbalar






uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz