Laba festivali
<gallery>
Example.jpg|Izoh1
Example.jpg|Izoh2
</gallery
Laba sarimsogʻi
</ref>>
Qamariy yilning 12- oyi " la oyi" deb nomlanadi va shu qamariy yilning 12-oyining 8- kuni
"Laba festivali" nishonlanadigan kun (8 „ba „ deb talaffuz qilinadi Xitoy tilida) yoki “La kuni „ deb ham ataladi. Laba festivali Han millatining anʼanaviy festivali hisoblanadi. Buni bahorgi festivallarga tayyorgarlik deb atasak ham boʻladi.
Tarixi
Laba bayrami qadimgi Xitoyning la marosimidan kelib chiqqanligi qayd etilgan.Xitoylar har doim qishloq xoʻjaligiga katta eʼtibor berib kelishgan, xattoki qadimgi davrlarda ham. Odatdagidan koʻproq hosil yigʻib olishganda, qadimgi odamlar bularning barchasini Xudo ning marhamati deb bilishgan, shuning uchun ular hosil uchun “la bayrami“ deb nomlanadigan tantana tashkil qilishgan. Tantanadanda odamlar oʻz qishloqdoshlarini yangi uzilgan sariq boshoqli tariqdan tayyrolangan boʻtqa yoki shavla bilan mexmon qilishgan. Festivaldan zavqlanish uchun hamma yigʻilgan. Keyinchalik "la festivali" asosan ajdodlarni xotirlash uchun oʻtkaziladigan bayramga aylangan. V asrda hukumat qarori bilan dekabr oyining sakkizinchi kuni
"Laba festivali „ kuni sifatida nishonlanishi belgilandi.
Laba boʻtqasi
Buddizmning Xitoyda anchagina tarqalganidan soʻng, odamlar ajdodlarni ulugʻlash va boʻtqa yeyish anʼanaviy odatiga asoslanib, yana bir hikoyani yaʼni, dekabr oyining sakkizinchi kuni buddizm asoschisi Sakyamunining Budda boʻlgan kuni ekanligi haqida hikoya toʻqib olishgan. Hikoyada aytilishicha, Sakyamuni koʻp yillar davomida buddizm bilan shugʻullangan va ochlik uni bir sumka suyakka aylantirgan va u taslim boʻlishga qaror qilgan. Oʻsha paytda choʻpon qiz unga guruch va boʻtqa bilan yordam berdi, bu esa unga oʻzini qayta tiklashida va uni toʻgʻri fikrga olib kelishida yordam berdi. Bodhi daraxti ostida fikr yuritib, u nihoyat dekabr sakkizinchi kunida Budda boʻldi. Ushbu voqeani xotirlash uchun buddistlar har yili oʻsha kuni Buddaga qurbonlik qilish uchun guruch va quritilgan mevalar bilan boʻtqa tayyorlashni boshladilar va boʻtqa “Laba boʻtqasi"deb nomlandi. Xitoyda Song sulolasidan buyon ming yildan ortiq laba boʻtqasi tayyorlanib kelinoqda (920-1279).Oʻsha paytda, markaziy va mahalliy hukumat, shuningdek monastirlar har Laba festivalida laba boʻtqasini tayyorlashar edi. Ushbu odat ayniqsa Tsing sulolasi (1616—1911) vaqtida mashhur boʻldi. Imperator, imperator ayoli va shahzodalar oʻzlarining amaldorlari va xizmatkorlariga laba boʻtqasini berib, monastirlarga guruch va mevalarni yuborishar edi. Barcha oilalar ham ota-bobolarini hurmat qilish uchun laba pyuresi qilishadi. Odamlar nafaqat oila aʼzolari bilan ovqatlanishdan zavqlanish uchun birlashadilar, balki oʻzlarining yaxshi tilaklarini koʻrsatish uchun boshqa oilalar bilan ham boʻlishganlar.
Kerakli mahsulotlar
Laba boʻtqasining koʻpgina turlari mavjud. Anʼanaviy laba boʻtqasi "la " ga aloqador 8 ta asosiy va qoshimcha mahsulotlarni oʻz ichiga oladi va omadni ham bir kerakli mahsulot sifatida koʻrishadi. („Ba“ Xitoy tilida asosan „fa“ bilan aloqador yaʼni rivojlanish, taraqqiy etish). Asosiy mahsulotlar asosan dukkakli mahsulotlarni yaʼni qizil loviya, mosh, oq loviya, noxot, yumaloq loviya va boshoqli mahsulotlar guruch tariq, sayqallangan dumaloq donli guruch,, bugʻdoy va suli kabilar kerak boʻladi. Odamlar mahsulotlar ichidan xoxlaganlarini tanlab olishlari mumkin. Qoʻshimcha mahsulotlarga esa shaftoli, toza saqlangan oʻrik, kashtan yongʻogʻi, anor, qovun urugʻlari, yeryongʻoq, yovvoyi yongʻoq, qaragʻay oq urugʻI, quritilgan nok va mayiz kerak boʻlishi mumkin.
Asosiy mahsulotlar tanlangandan soʻng, ular suv toʻla qozonga solinadi va past olovda qaynatib pishiraldi. Hammasi tayyor boʻlgandan soʻng mazali qiluvchi tuzlar masalan: shakar, atirgul bargi qoshiladi. Laba boʻtqasi Xitoyning har yerida har xil hisoblanadi, lekin eng shirini esa Pekindagisi hisoblanadi.
Odamlar odatda ushbu oyning 7-kunining tunida koʻproq band boʻlishadi. Ular guruchni yuvishadi, mevalarni biroz vaqtga suvga boʻtikrib qoʻyishadi yaxshilarini tanlab olishadi, archishadi, meva ichidagi urugʻlarni olib tashlashadi va nihoyat ular hamma mahsulotlatni tunning oʻrtasidan pishirishni boshlashadi. Shundan soʻng, keying kunning ertalabigacha past olovda qaynashda davom etadi toki Laba boʻtqasi tayyor boʻlgunicha.
Ahamiyati
Agar oila festivallarga boshqacha nigoh bilan qarashsa, ular boʻtqaning rangiga alohida eʼtibor berishadi. Barcha toʻq rangli loviyalar eʼtiborga olinmaydi. Oq rangda tuslangan boʻtqa nafis idishga solinishi uni nafaqat mazali ekanligidan xabar beradi, balki uni chiroyli ham koʻrsatadi. Q’shimchasiga, bu omad va moʻl hosil boʻlganiga ham ishora hisoblanadi. Xitoyliklarning fikricha, oila aʼzolarining bir dasturxon atrofida oʻtirishi va Laba boʻtqasini yeyishi — bu judayam ajoyib fikr hisoblanadi. Bayramga yanada koʻproq eʼtibor qaratadigan oilalar pishgan mevalarni odamlar va hayvonlarning shakliga keltirishadi.Tarixda, bu turdagi Laba boʻtqasini faqat baʼzi katta monastirlarning dastorxonlarida koʻrish mumkin boʻlgan.
Bayram haqida
Laba boʻtqasi tayyor boʻlgandan soʻng, birinchi navbatda Xudolarga va ajdodlarga qurbonlik sifatida taklif qilinishi kerak. Keyingisi esa doʻstlar va qarindoshlar boʻlishi mumkin va boʻtqa kechgacha tugatilishi kerak. Nihoyat, butun oila bundan birgalikda hordiq chiqarishadi. Ortib qolgan Laba boʻtqalari, agar ular bir necha kun davomida ortib qoladigan boʻlsa, bu juda yaxshi belgi hisoblanadi yaʼni bu yil boʻyi ovqatlar ortgan darajada boʻladi deb tushuniladi. Darvoqe, agar siz boʻtqani aynan muhtojlar bilan boʻlishsangiz, bu yaxshi fazilatli inson ekanlgingizdan ham dalolat beradi.
Laba sarimsogʻi
Yana, Laba boʻtqasiga qoʻshib Xitoyning Shimoliy qismidagi odamlar uchun Laba sarimsogʻini tayyrolash ham odat boʻlin qolgan. Uybekalari sarimsoqni archishadi va uni sirka bilan toʻldirilgan bonkaga solib qoʻyishadi. U „Laba festivali“ uchun muhrlanib iliqroq xonaga joylashtiriladi. Yangi yil bayrami yaqinlashganda oila uni yeyishga tayyorlanadi va sarimsoq dasturxonga qoʻyiladi. Sirka bilan namlangan sarimsoq yashil rangga kiradi, bu qizil sirkadan farqli oʻlaroq juda chiroyli boʻladi va festival atmosferasini sezilarli darajada yaxshilaydi.
Manbalar
== Havolalar ==
http://m.srcyrl.richcookonline.com/news/laba-festival-41976615.html (Wayback Machine saytida 2022-11-09 sanasida (Wayback Machine saytida 2022-11-09 sanasida [https://web.archive.org/web/20221109160340/http://m.srcyrl.richcookonline.com/news/laba-festival-41976615.html arxivlangan) arxivlangan])
http://m.srcyrl.richcookonline.com/news/laba-festival-41976615.html
uz.wikipedia.org