L96A1




Accuracy International AWM (Arctic Warfare Magnum) - Britaniyaning snayper miltig'i, Accuracy International tomonidan Magnum miltiq patroni uchun ishlab chiqilgan.

Miltiq optik moʻljallagich bilan jihozlangan. Miltiq AW (Arctic Warfare) liniyasining bir qismidir.

Tavsif



1996-yilda Britaniyaning Accuracy International kompaniyasi Accuracy International AWM snayper miltig'ini ishlab chiqdi va ishlab chiqarishni boshladi. Aslida, bu Arctic Warfare liniyasidan kuchliroq Magnum patroni uchun o'zgartirilgan miltiq bo'lib, u oʻt ochish masofasi va aniqligini oshirishga imkon berdi. Konstrukturaviy jihatdan u Accuracy International L96A1/Arctic Warfare-dan faqat Magnum patronlarining kattalashgan o'lchamlari va ish bosimi bilan ishlash uchun qayta ishlab chiqilgan otish va berish mexanizmida (zatvor, magazin) farq qiladi.

Accuracy International AWM Britaniya Qurolli Kuchlariga, 8,6x70 mm (.338 LM) patron o'lchamiga ega L115A1 sifatida kirdi xizmatga kirgan, shuningdek Accuracy International AWSM sifatida ham tanilgan.

Ushbu miltiqdan 2009 yilda nishonga olish masofasi bo'yicha rekord o'rnatildi. Britaniyalik snayper Kreyg Garrison Afgʻonistonda L115A3 rusumli miltiq bilan 2477 metr masofada ikki dushmanni yoʻq qidi.

2012-yilda Accuracy International shirkati Arctic Warfare Magnum (AWM) miltiqlarini ishlab chiqarishni to'xtatdi; Arctic Warfare (AW) miltiqlarini ishlab chiqarish tez orada to'xtatildi. Buning o'rniga hozirda Accuracy International AX / AXMC oilasining yanada ilg'or miltiqlari ishlab chiqarilmoqda.

Ekspluatantlar




Yana qarang



• Accuracy International L96A1 / Arctic Warfare
• Snayper miltigʻi
• Snayper miltiqlari ro'yxati

Manbalar




Havolalar



• Zamonaviy o'qotar qurollar
• world.guns.ru saytida AW miltiqlarining tavsifi

uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz