Kyuveta




Kyuveta yoki kyuvetka (fransuzcha: cuvette — so'zma-so'z tarjima qilganda "loxan, tog'ora" degan ma'noni anglatadi), vanna — bu qovurg'ali yoki boshqa profilli tub qismi va bir burchagida burni bo'lgan tekis shakldagi idish hisoblanadi.

Tavsifi



U yassi jismlarga kimyoviy ishlov berishga mo'ljallangan, masalan, fotoplastinkalarni, formatli plyonkalar va foto qog'ozlarini fotokimyoviy qayta ishlash, radio havaskorlar tomonidan bosma platalarni o'yib ishlash, klishlar uchun qo'llaniladi.

Qo'llash sohasi va foydalaniluvchi reagentlarga ko'ra, u plastmassa, shisha, emallangan metall, fayans va shu kabi boshqa materiallardan tayyorlanishi mumkin.

Ular qayta ishlangan foto materialdan biroz kattaroq hajmda tayyorlanadi. Odatda u maksimal qayta ishlangan o'lchamga ko'ra belgilanadi, misol uchun 13 × 18 sm.

Boshqa ma'nolari




Adabiyotlar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz