Kylie McCarthy




Kylie McCarthy (1987-yil 25-sentyabrda tugʻilgan) — ingliz asli Uelslik xalqaro professional ayol futbolchi. U 2017-yil sentyabr oyida shartnoma imzolagan FA Ayollar chempionati klubi Lyues LFCda markaziy himoyachi sifatida oʻynaydi va Uels ayollar milliy futbol terma jamoasida ham toʻp suradi.

Klubdagi faoliyati



Devis olti yoshida futbol oʻynay boshlagan va 1998-yilda 10 yoshida „Wimbeldon“ futbol klubining ayollar jamoasiga qoʻshilgan. 2004-yilning yozida Fulxem jamoasi Devisga shartnoma taklif qilgan. U „Wimbeldon“ OFK jamoasida qolishga qaror qilgan, lekin 2004-yil sentyabr oyida yana Fulxem jamoasi murojaat qilganida fikrini oʻzgartirgan va Fulxem bilan shartoma imzolagan. „Fulxem“da ikki yil oʻtgach, Devis 2006-yilda „Chelsi“ga oʻtgan.

2007 va 2008-yillar oraligʻida Devis Richmond Kickers Destiny jamoasi uchun Amerika W-ligasida oʻynagan. 2011-yilgi FA WSL mavsumi oldidan „Chelsi“ hali oʻziga kelmagan vaqtda, Devis „ Kolchester United Ladies“ jamoasi uchun maydonga tushgan.

Cesey Stoney „Chelsi“ni „Lincoln Ladies“ga almashtirganida, Devis „Chelsi“ jamoasining sardorligini oʻz zimmasiga olgan. U 2014-yilning yanvarida qisqa muddatli ijaradan soʻng „Chelsi“dan "Milluoll Lionesses " jamosiga oʻtgan.

Xalqaro faoliyati



Devis Angliyani 15, 17, 19, 21 va 23 yoshgacha boʻlgan toifada himoya qilgan. Biroq, u 2010-yil mart oyida bobosi Pontardaveda tugʻilgani uchun Uels terma jamoasiga chaqirilgan. Devis Uels terma jamoasidagi debyutini 90-daqiqada Belgiyaga qarshi oʻyinfs zahiradan maydonga tushib boshlagan.

Devis, shuningdek, 2007-yilda Bangkokda boʻlib oʻtgan yozgi Universiadada Buyuk Britaniya vakili boʻlgan, Loughboro universiteti talabasi sifatida.

Yutuqlar



Shahsiy yutuqlari

Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz