Kylie Jenner




Kylie Kristen Jenner (talaffuzi: Kayli Kristen Jenner; 1997-yil 10-avgustda tugʻilgan) — amerikalik model va ishbilarmon, Kylie Cosmetics shirkati asoschisi va egasi. 2007-yildan 2021-yilga qadar E! telekanali orqali efirga uzatilgan Keeping Up with the Kardashians nomli realiti-shouda suratga tushgan. Shuningdek, Jenner Instagramda 300 milliondan oshiq obunachiga ega boʻlib, buning ortidan Instagramda eng koʻp obunachiga ega Selena Gomezdan keyingi 2-ayol hamda 5-o'rindagi eng koʻp obunachiga ega shaxsga aylangan.

Dastlabki hayoti



Kylie Kristen Jenner 1997-yil 10-avgustda Kaliforniya shtatining Los Angeles shahrida dunyoga kelgan. Otasi Caitlyn Jenner oʻnkurash boʻyicha sobiq Olimpiada chempioni boʻlgan. Onasi Kris Jenner (qizlik familiyasi Houghton) boʻlib, u ishbilarmon boʻlgan. Jenner ularning kenja qizi boʻlib, uning bitta tugʻishgan opasi (Kendall Jenner) va sakkizta oʻgay opa-ukasi bor.

Jenner Sierra Canyon maktabida tahsil olgan.

Filmografiyasi



Film




Televideniye




Mukofot va nomzodliklari




Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz