Kyle Beckerman




Kyle Robert Beckerman (talaffuzi: Kayl Robert Bekerman; 1982-yil 23-aprelda AQShning Merilend shtatida tugʻilgan) — amerikalik futbolchi va himoyachi, yarim himoyachi sifatida toʻp surgan. „Real Salt Lake“ futbol klubining uzoq yillik sardori. AQSh terma jamoasida oʻynagan. 2014-yilgi jahon chempionati ishtirokchisi.

Klublardagi faoliyati




Beckerman o‘z faoliyatini Merilend shtati yoshlar ligasida boshlagan. U 1999-yilda Yangi Zelandiyada boʻlib oʻtgan oʻsmirlar oʻrtasidagi jahon chempionatida 17 yoshgacha boʻlgan AQSh terma jamoasida oʻynagan. Maktabni tugatgandan soʻng, Kyle Robert universitet jamoasida oʻynagan va Pro-40 loyihasining aʼzosi boʻlgan. U, shuningdek, AQShning Bradenton futbol akademiyasida Bobby Convey, Oguchi Onyewu, Landon Timothy Donovan va DaMarcus Beasley kabi futbolchilar bilan shugʻullangan va bir jamoada oʻynagan.

Xalqaro faoliyati



2007-yil 20-yanvarda Daniyaga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida Beckerman 86-daqiqasida Pablo Mastroenining oʻrniga AQSh terma jamoasida debyut qilgan. Oʻsha yili u terma jamoaning Amerika kubogi uchun Venesuelaga yoʻl oladigan tarkibiga kiritilgan. Turnirda Kyle Robert Argentina va Kolumbiya terma jamoalariga qarshi ikkita oʻyin oʻtkazgan.

2009-yilda terma jamoa tarkibida CONCACAF oltin kubogida ishtirok etgan. Turnirda Bekerman Grenada, Gaiti, Panama, Meksika va ikki marta Gonduras jamoalariga qarshi oʻyinlarda ishtirok etgan. Ushbu turnirda panamaliklarga qarshi kechgan bahsda Kyle Robert terma jamoadagi ilk golini urgan.

2013-yilda Kyle Robert CONCACAF oltin kubogini qoʻlga kiritgan. Turnirda Bekerman Beliz, Gonduras, Panama, Kuba va El Salvador jamoalariga qarshi oʻyinlarda maydonga tushgan.

2014-yilda Kyle Robert terma jamoa tarkibida Braziliyada boʻlib oʻtgan jahon chempionatida ishtirok etgan. Turnirda u Gana, Portugaliya va Germaniya jamoalariga qarshi oʻyinlarda ishtirok etgan.

2015-yilda Beckerman CONCACAF oltin kubogida ishtirok etgan. Turnirda u Gaiti, Gonduras, Yamayka, Kuba va Panama jamoalariga qarshi oʻyinlarda ishtirok etgan.

2016-yilning yozida Beckerman uydagi Amerika kubogida ishtirok etgan. Turnirda u Kosta-Rika, Paragvay, Ekvador va Argentina jamoalariga qarshi oʻyinlarda ishtirok etgan.

Statistika




Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz