Kxmer tili




Kxmer tili — mon-kxmer tillaridan biri. Kambodja davlatining rasmiy tili, Vyetnam va Tailandsa ham tarqalgan. Kxmer tilida soʻzlashuvchilarning umumiy soni taxminan 8 mln. kishini tashkil etadi. Kambodja hududida keskin dialektal tafovutlar yoʻq. Ikkita lahja: shim.-gʻarbiy va jan.-sharqiy lahjalar oʻzaro farqlanadi. Hozirgi kxmer adabiy tiliga Pnompen shahar laxjasi asos boʻlgan. Kxmer tilining shim.-gʻarbiy va Tailanddagi lahjalarida tay tilining, jan.-sharqiy va Vyetnamdagi lahjalarida vyetnam tilining taʼsiri kuchli. Kxmer tili jan. hind alifbolaridan biriga asoslangan boʻgʻin-tovushli yozuvga ega. Unda 33 ta asosiy harf, 12 ta qoʻshimcha belgi va yana bir qancha yordamchi belgilar mavjud.

Adabiyot




Manbalar





uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz