KXDR fuqarolik pasporti




KXDR fuqarolik pasporti Koreya Xalq Demokratik Respublikasining ayrim fuqarolariga beriladigan rasmiy hujjatdir. Shimoliy koreyaliklarning aksariyati oʻz mamlakatini tark etish imkoniyatiga ega boʻlmagani uchun KXDR pasportlari kamdan-kam hollarda beriladi.

Tarixi




Koreya yarim orolining eng qadimgi pasportlari 1902-yilda Koreya imperiyasi tomonidan ikki xil, savdo pasporti va sayohat pasporti bilan chiqarilgan. Pasportlarda xitoycha matn, shuningdek ingliz va fransuz tarjimalari mavjud.

Shimoliy Koreya pasportlari birinchi marta 1950-yillarda koreys, rus va xitoy tillarida chiqarilgan, hozirgi pasportida faqat koreys va ingliz tillari mavjud.

Ustki koʻrinishi



KXDR pasporti muqovalari toʻq koʻk rangda, markazida Koreya Xalq Demokratik Respublikasi Davlat gerbi tasvirlangan. Gerbning tepasida „조선민주주의인민공화국“ (koreyscha) va „DEMOCRATIC PEOPLEʼS REPUBLIC OF KOREA“ (inglizcha) soʻzlari, quyida „려권“ va „PASSPORT“ soʻzlari yozilgan. 려권 (ryŏgwon) soʻzi „pasport“ degan maʼnoni anglatadi, Janubiy Koreya pasportida esa 여권 (yŏgwon) deb yozilgan boʻlib, u ham „pasport“ maʼnosini bildiradi. Har ikki soʻz ham hanjada 旅券 sifatida yozilgan xitoy-koreys soʻzlaridir, lekin faqat Janubiy Koreyada mavjud boʻlgan dastlabki tovush qoidasi tufayli ular boshqacha yoziladi.

KXDR fuqarolik pasportlarining turlari




Xizmat va diplomatik pasportlar qaytarib berilishi va pasport idorasida qolishi kerak, chet elga keyingi safarlar uchun uni qayta rasmiylashtirishi mumkin. Oddiy pasport hech qachon maxsus ruxsatisiz berilmaydi va barcha egalari chet elga chiqish uchun chiqish vizasiga murojaat qilishlari kerak.

Tarkibi



KXDR fuqarosining pasportida qoʻlda yozilgan ikkita shaxsiy sahifa mavjud. Birinchi sahifa pasport egasining shaxsini belgilaydi va quyidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga oladi:

Ikkinchi sahifa rasmiy tasdiqlash uchun.

Pasportdagi yozuvlar



Pasportda quyidagi yozuv mavjud:

Koreys tilida:

이 려권소지자는 조선민주주의인민공화국의 보호를 받습니다. 이 려권소지자를 지장없이 통과시켜 주며 그에게 필요한 편의와 보호를 베풀어 줄것을 모든 관계자들에게 요청하는 바입니다.
Inzgliz tilida:

The holder of this passport is under protection of the Democratic Peopleʼs Republic of Korea. All those whom it may concern are hereby requested to allow the holder to pass freely without let or hindrance, and to afford the holder with assistance and protection as may be necessary.
Tarjimasi:

Ushbu pasport egasi Koreya Xalq Demokratik Respublikasi himoyasida. Barcha shaxslardan pasport egasining hech qanday toʻsiqlarsiz erkin harakatlanishiga ruxsat berishlari, zarur hollarda unga yordam va himoya bilan taʼminlashlari soʻraladi.

Galereya




Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz