Květa Eretová




Květa Eretova (qizlik familyasi: Jeništová; 1926-yil 21-oktabr — 2021-yil 8-yanvar) — chex ayol shaxmatchisi, 1986-yilda FIDE tomonidan ayol grossmeyster (WGM) unvoniga sazovor boʻlgan. U shaxmat boʻyicha ayollar oʻrtasida oʻtkazilgan Chexoslovakiya chempionatining oʻn karra gʻolibi hisoblanadi.

Shaxmatdagi faoliyati



1950-yillarning oʻrtalaridan 1970-yillarning oʻrtalarigacha Kveta Eretova chexoslovakiyalik yetakchi ayol shaxmatchilardan biri boʻlib kelgan. U oʻn marta Chexoslovakiya ayollar chempionatida gʻolibni qoʻlga kiritgan, jumladan: 1955, 1960, 1961, 1962, 1963, 1964, 1966, 1975, 1976 va 1986-yillardagi musobaqalarda muvaffaqiyatli ishtirok etgan. Umuman olganda, Kveta Eretova 23 ta medalni (jumladan, 10 ta kumush va 3 ta bronza medallari) qoʻlga kiritdi, bu barcha davrdagi chempionatlar uchun rekord natija hisoblanadi. U koʻplab xalqaro shaxmat turnirlarining sovrindori boʻlgan (jumladan, 2-oʻrinni qoʻlga kiritgan musobaqalari: Moskva (1971-yil), Emmen (1971-yil) va Halle (1971 va 1978-yillar)).

Květa Eretova shaxmat boʻyicha ayollar oʻrtasida oʻtkazilgan jahon chempionatiga nomzodlar turnirida ikki marotaba ishtirok etgan:

1979-yilda u Rio-de-Janeyroda boʻlib oʻtgan ayollar hududlararo turnirida qatnashib, 8-9-oʻrinlarni egalladi.

Kveta Eretova ayollar shaxmat olimpiadasida Chexoslovakiya nufuzini himoya qilib, dona surgan:

1957-yilda Kveta Eretova FIDE tomonidan Xalqaro ayol usta (WIM) unvoniga sazovor boʻldi. 1986-yilda u ayol grossmeyster (WGM) unvonini ham qoʻlga kiritdi.

Vafoti



Květa Eretová 2021-yilning 8-yanvarida 94 yoshida vafot etdi.

Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz