Kvartira-studiya




Kvartira-studiya odatda ichki devorlarsiz kichik kvartira boʻlib, unda oshxona, mehmonxona va yotoqxona bitta yerda joylashgan. 20-asr boshlarida studiyalar minimal mebelga ega va baʼzan shu qavatning oʻzidagi umumiy sanuzelga ega boʻlgan kichik turar-joy hisoblanar edi.

Bugungi kunda kvartira-studiyalar koʻchmas mulkning turli segmentlarida taqdim etilmoqda. Ekonom toifasida bu kichik maydonga ega boʻlgan kvartiralardir. Hashamatli binolarda katta kvartira-studiyalar ham mavjud.

Turli mamlakatlarda



AQSH



AQShda kvartira-studiyalarning oʻrtacha maydoni 46–56 m² ni tashkil qiladi.

Argentina



Argentinada kvartira-studiya monoambiente deb ataladi (ispan tilida „mono“ - bir, „ambiente“ - xona).

Germaniya



Germaniyada bir xonali kvartira anʼanaviy ravishda Garçonnière (fransuz tilidagi garçon, bola, yigit yoki boʻydoq degan maʼnoni anglatadi) yoki Einzimmerwohnung („Ein“ - bir, „Zimmer“ - xona, „Wohnung“ - kvartira) deb ataladi.

Gonkong



Gonkongda studiya - bu taxminan 10 kvadrat metrlik mini-kvartira boʻlib, shuningdek, hammom va oshxonaga ham ega. Yashash maydonining minimal hajmi avtoturargohning kattaligiga teng.

Kanada



Kanadada kvartira-studiyalarni bachelor (boʻydoqlar kvartirasi) deb ataladi.

Portugaliya



Portugaliyada kvartira-studiyalar T0 (T-Zero) bilan belgilanadi, 0 raqami kvartirada alohida yotoq xonalari yoʻqligini bildiradi.

Shvetsiya



Shvetsiyada kvartira-studiyalar “etta” yaʼni "birlik" deb ataladi. Ularning maydoni odatda 20 dan 40 m² gacha boʻladi.

Yaponiya



Yaponiyada maydoni taxminan 10 m² boʻlgan studiya kvartiralari wan rūmu manshon (bir xonali qasr) deb ataladi.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz