Kvartet




Bu maqola kvartet soʻzi haqida, oʻzbek musiqiy guruhi uchun bu maqolani koʻring — Kvartet (guruh)

Kvartet (lot. guartus — toʻrtinchi) — I) 4 sozanda (yoki xonanda)dan iborat ansambl. K. tarkibi jihatidan bir xil (torli yoki puflama sozlar) hamda aralash (torli va puflama sozlar yoki torli sozlar va fortepiano) boʻlishi mumkin. Kamer-cholgʻu ansambllar ichida torli sozlar K.i (2 ta skripka, alt va violonchel) keng tarqalgan. Estrada sanʼatida ham K. ansambllari keng oʻrin olgan: "Bitlz" (Angliya), "ABBA" (Shvetsiya), "Orera" (Gruziya), "Sideriz" (Oʻzbekiston) va b.; 2) 4 sozanda, baʼzan 4 xonanda uchun yozilgan kamer musiqa asari. Oʻzbekiston kompozitorlaridan B. Giyenko (9 ta, 1945—95), Ik. Akbarov (6 ta, 1963—88), shuningdek, D. Soatqulov, Sayfi Jalil, E. Solihov, N. Gʻiyosov, D. Yanov-Yanovskiy va b.ning K.lari mavjud.

Kvartet (lot. quartette — toʻrtlik) — toʻrtta bir xil yoki oʻxshash
predmetlar toʻplami, yoki bir maqsad uchun birlashgan toʻrtta shaxsdan iborat guruh.

Galereya




Havolalar




Manbalar




uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz