Kvars soati




Kvars soati — vaqtni katta aniqlik bilan oʻlchash va astronomik kuzatishlar uchun moʻljallangan soat. K.s.ning yurayotganligini kvars generatorining tebranishi bilan aniqlanadi. Ishlashi kvars kristalli plastinka halqa yoki brusok (rezonator)ning pyezoelektr xususiyatiga asoslangan. Rezonator bukilsa yoki qisilsa, ustki qatlamida elektr razryadlari hosil boʻladi va, aksincha, unga oʻzgaruvchan tok keltirilsa tebranib turadi. Pyezoelektr tebranish chastotasidan vaqt aniqlanadi. Tebranish chastotasi yuzlab KGs dan oʻnlab MGs gacha boradi. K.s.ning sutkalik xatosi 0,001 sek. dan oshmaydi. K.s.da ikki pogʻonali termostat ishlatiladi. U temperaturani 0,001° aniqlikda ushlab turadi. Vaqtni bilish xizmatida kamida 2 ta K. s. dan foydalaniladi. Bunda ularning tebranish chastotalari bir-biriga hamda astronomik kuzatish natijalariga solishtiriladi. K.s. yordamida Yerning oʻz oʻqi atrofida notekis aylanishi aniqlandi. Oʻzbekiston FA Astronomiya institutida 4 K. s. yordamida astronomik kuzatishlar olib boriladi.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz