Kvadrupol




Kvadrupol (lot. quadrum — toʻrtburchak, kvadrat va polos — qutb) — ishoralari musbat va manfiy, miqdor jihatdan bir xil boʻlgan zaryadlarning kvadrat shakl uchlariga ketma-ket joylashishidan tashkil topgan sistema. K. dipol momentlari teng , zaryad ishoralari qarama-qarshi va bir-biridan maʼlum masofada joylashgan ikkita dipol (zaryad) dan iborat. K.ning asosiy harakteristikasi K. momentdir. K. dipol momenti Q=2e/a, bu yerda ye — elektr zaryad, /— dipollar orasidagi masofa, a—dipol oʻlchami. K.dan uzoqlashgan sari, bunday sistemaning elektr maydon kuchlanganligi masofaning toʻrtinchi darajasiga teskari proporsional holda kamayib boradi: £■= I/W. K. moment dipol momenti nolga teng boʻlgan atom sistemalarda, molekulyar birikmalarda hosil boʻladi. K. taʼsir 1/L5 kattalik, dipol taʼsir esa 1/L6 kattalik bilan ifodalanadi. Shuning uchun K. taʼsirda energiya kuchli boʻladi. K. momentning vaqt boʻyicha oʻzgarishi natijasida K. nurlanish vujudga keladi. K. tushunchasi kvant mexanika, yadro fizikasi, elektronika, termodinamikada keng qoʻllaniladi.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz