Kvadratik chegirma




Kvadratik chegirma (r- modul boʻyicha) — x2= a (mod p) taqqoslama yechimga ega boʻlgan hollar moduli boʻyicha r bilan oʻzaro tub boʻlgan a soni; taqqoslama yechimga ega boʻlmaganda esa, r modul boʻyicha r bilan oʻzaro tub boʻlgan a soni K. ch. boʻlmaydi. Agar r tub son boʻlsa, u holda r modul boʻyicha keltirilgan chegirmalar sistemasidagi sonlarning yarmi K.ch. boʻladi, yarmi esa kvadratik chegirma boʻlmaydi, yaʼni unisi ham, bunisi ham r-tadan boʻladi. K.ch. va kvadratik chegirmamaslarni bilib olish uchun Eyler kriteriysidan foydalaniladi. Bu masala Lejandr va Yakobi simvollari yordamida osongina hal qilinadi. Mac: 13 modul boʻyicha 1, 3, 4, 9, 10 va 12 sonlari K. ch. boʻladi. 2, 5, 6, 7, 8, 11 sonlari kvadratik chegirmamas hisoblanadi.

Manbalar




uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz