KUZNESOV NIKOLAY IVANOVICH (1911.14.7, Sverdlovsk viloyati — 1944.9.3, Lvov viloyati) — razvedkachi, 2-jahon urushi qahramoni (1944, vafotidan so’ng). Nemis tilini mukammal bilganligi tufayli, nemis fashist bosqinchilari bosib olgan Rovno va Lvov shaharlarida o’zini nemis ofitseri deb ko’rsatib, muhim ma’lumotlarni qo’lga kiritgan va qo’poruvchilik operatsiyalarini bajargan. Kuznesov nemis generalini o’g’irlab, bir necha taniqli gitlerchi arboblarni o’ldirgan. Kuznesov ukrain millatchilari tomonidan yo’q qilingan. Rovno, Lvov, Boratin qishlog’i va tug’ilgan yerida Kuznesovning haykali o’rnatilgan. Rovno shaharda Kuznesov uy-muzeyi bor.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish