KUZNESK SOYLIGI



KUZNESK SOYLIGI – Rossiya Federatsiyasi Kemerovo viloyatidagi soylik. Kuznesk Olatovi, Salair qirlari va tog’li Shoriya massivi orasida. Maydoni 70 ming km2. Uzunligi 400 kilometr, kengligi 100-120 kilometr. O’rtacha balandligi 200— 500 metr. Iqlimi kontinental. Iyulning o’rtacha temperaturasi 18-20°, yanvarniki -18°, yillik yog’in 350-500 millimetr. Ko’proq o’rmon va o’rmonli dasht o’simliklari o’sadi. Kuznesk soyligi hududida Kuznesk ko’mir havzasi joylashgan.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

TEZ YUK MARKAZ

Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish

Guruhga kirish


Uzpedia.uz