Kuzmin, Sergey Andreevich




Sergey Andreyevich Kuzmin (1927-yil 21 iyun, Moskva viloyati, Shaxovskoy tumani, Dubronivka qishlogʻi — 2007-yil 29 dekabr, Moskva) — sovet va rus sharqshunosi, filologiya fanlari nomzodi, Yaqin sharq mamlakatlari tillari kafedrasi professori MGIMO.

Taʼlimi



1951-yilda Moskva Sharqshunoslik institutini tamomlagan.

1955-yilda arab filologiyasi boʻyicha nomzodlik dissertatsiyasini himoya qildi.

Kasbiy faoliyati



1955-1959 yillarda Butunittifoq radiosida xorijiy radioeshittirishlar tahririyatida ishlagan. Butunittifoq radiosida ishlab yurgan kezlari xalqaro forumlarda, mamlakat rahbarlari va arab davlatlari rahbarlari o‘rtasidagi muzokaralarda sinxron tarjimon sifatida taklif etilgan. 1957-1960 yillarda radiodagi ishini Oliy diplomatik maktabdagi (hozirgi Rossiya Federatsiyasi Tashqi ishlar vazirligining Diplomatik akademiyasi) ishi bilan birlashtirgan.

1959-1963 yillarda MGIMO oʻqituvchisi.

1963-1990 yillarda KPSS Markaziy Qoʻmitasining xalqaro boʻlimi xodimi boʻlib, u yerda SSSR va arab mamlakatlari oʻrtasidagi munosabatlar masalalari bilan shugʻullangan.

1990-2003 yillarda Kuzmin yana MGIMOda dars bergan (dotsent, professor, Yaqin va Oʻrta Sharq tillari kafedrasi mudiri bolgan): u arab tilining barcha yoʻnalishlari boʻyicha 1-4 kurslarda dars bergan. Yuqori kurslarga nazariya, amaliyot va tarjima uslubidan dars bergan, talabalar bilan Yaqin Sharqning dolzarb masalalari bo‘yicha davra suhbatlari o‘tkazgan. MGIMO Til boʻlimlari ilmiy-uslubiy kengashi aʼzosi, Saudiya Arabistoni Qirolligining Rossiyadagi doʻstlar jamiyati boshqaruvi aʼzosi boʻlgan.

Darsliklari




Mukofotlari




Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org

TEZ YUK MARKAZ

Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish

Guruhga kirish


Uzpedia.uz