Kuzebay Gerd haykali




Kuzebay Gerd haykali ― Udmurt shoiri, nosir, dramaturg, xalq va jamoat arbobi Ijevsk shahrida Kommunarov koʻchasida Udmurt Respublikasi Milliy muzeyi yonida oʻrnatilgan.

Tarix



2004-yilda Fin-Ugr xalqlarining IV Jahon Kongressi boʻlib oʻtgan. 2004-yil 26-iyulda Udmurtiya Davlat kengashida boʻlib oʻtgan matbuot anjumanida Ijevskdagi Kuzebay Gerd haykali uchun xayriya yigʻilayotgani eʼlon qilingan. Bir yil oʻtgach, Udmurt Respublikasi Hukumatining 2005-yil 25-iyuldagi 732-R-sonli „Ijevsk shahrida Kommunarov koʻchasida Kuzebay Gerd haykali qurish toʻgʻrisida“gi qarori chiqqan. Yodgorlik oʻrnatilishi Udmurt davlatchiligining 85-yilligini nishonlashga toʻgʻri kelgan. Yodgorlik mualliflari haykaltaroshlar, Kuzebay Gerd yodgorlik lavhasini yasagan, Anatoliy Yegorovich Anikin va Vitaliy Petrovich Yakovitskiylar. Ular Kuzebay Gerd obrazini qahramonlik yoki fojiali tarzda emas, balki sheʼriy obraz sifatini tanlaganlar: bronza haykalda shoirning yashmadan yasalgan katta poydevorda oʻtirganini tasvirlashgan.

Yodgorlik 2005-yil 2-noyabrda ochilgan. Ochilish marosimida Udmurt Respublikasi Prezidenti Volkov A. A., shuningdek Udmurtiya Davlat kengashi raisi Semyonov I.N. va Udmurtiya Respublikasi hukumati raisi Pitkevich Yu.S. qatnashganlar.

Manbalar




Adabiyotlar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz