Kuz saxovati




„Kuz saxovati“ , toʻliq nomi „Saylanma. Kuz saxovati. 3-jild“  — oʻzbek shoiri Erkin Vohidov qalamiga mansub sheʼriy asarlar toʻplami. Yana yetti kitob — „Bahor tarovati“, „Yoz harorati“, „Qish halovati“, Qalb sadoqati", „Erk saodati“ asarlaridan hamda ikki jild badiiy tarjimalardan iborat „Toʻla asarlar toʻplami“ deb nomlangan sakkiz jildli toʻplamning uchinchi jildi. 2016-yil Toshkent shahrida „Sharq“ nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi bosh tahririyatida chop etilgan. Toʻplamga kiritilgan ilk toʻrt kitob umrning toʻrt faslini ifoda etuvchi asarlarni oʻzida jamlagan boʻlib, uchinchi jild kuz fasli va oʻrta yoshdagi umrga bagʻishlangan.

Toʻplamga Matmusa obrazi haqidagi „Donishqishloq latifalari“ turkumidagi hazil sheʼrlar, shoirning boshqa hajviy sheʼrlari hamda „Istanbul fojiasi“ sheʼriy dramasi kiritilgan.

Yana qarang




Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz