KUYDIRISH



KUYDIRISH (tibbiyotda), Kauterizatsiya — kasallangan yumshoq yuzadagi to’qimalarni yuqori temperatura va kimyoviy moddalar (kumush nitrat, qo’rg’oshin sulfat, azot, xrom, uch-xlorsirka kislota) ta’sirida emirish. So’gal, kondiloma, qadoqni yo’qotish, bachadon bo’yni eroziyasi, xavfsiz o’smalar (angioma, papilloma, poliplar) va boshqa og’riqli joylarni kuydirib davolash. Ba’zan ilon chaqqanda, quturgan hayvon tishlaganda, shuningdek, qon to’xtatishda va jarohatlarni davolashda Kuydirish usuli qo’llanadi. To’qimalar maxsus apparatlar va har xil kuydiruvchi moddalar bilan kuydiriladi. Kuydirishning termokaustika (Paqlen apparati), lazer nuri, elektrskalpel, diatermokoagulyatsiya kabi turlari mavjud.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

TEZ YUK MARKAZ

Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish

Guruhga kirish


Uzpedia.uz