Kuydirgi (veterinariya)




Kuydirgi  — Anthrax (Sibirskaya yazva) oʻtkir kechuvchi oʻta
xavfli yuqumli kasallik boʻlib, septitsemiya, ogʻir zaharlanish va karbunkulalar hosil boʻlishi bilan kechadi. Kasallik bilan barcha turdagi qishloq xoʻjalik, uy va yovvoyi hayvonlar hamda odamlar kasallanadi.

Kasallikning kelib chiqishi va iqtisodiy zarari



Kasallikning tarqalishi hayvonlar turi va yoshiga bogʻliq. Kasallangan hayvonlarning 59,5% ini qoʻy-echkilar, 29,6% ini qoramol, 7,5% ini choʻchqa, 2,8% ini ot va 0,3% ini tuyalar tashkil etadi. Kasal hayvonning jasadlarini yoqib, kuydirib yoʻq qilish, dezinfeksiya, kasallikni oldini olish va qarshi kurashish uchun xoʻjalikdan katta mablagʻ sarf qilinadi.

Kasallik qoʻzgʻatuvchisi va uning chidamliligi



Kasallikni organizmda va sunʼiy ozuqa muhitlarda kapsula, tashqi kislorodli muhitda esa spora hosil qiluvchi batsilla-Bac. anthracis qoʻzgʻatadi. Kasallik qoʻzgʻatuvchisining sporasiz vegetativ shakli tashqi muhit taʼsirlariga nisbatan chidamsiz, 60 °C gacha
haroratda, kuchsiz dezinfeksiyalovchi vositalar taʼsirida 15 daqiqada faolsizlanadi. Qaynatish qoʻzgʻatuvchini nihoyatda tez, quyosh nuri esa bir necha soatda oʻldiradi Penitsillin, biomitsin, streptomitsin, levomitsitin va tetratsiklin kabi antibiotiklarga chidamsiz. Kuydirgi qoʻzgʻatuvchisining sporali shakli (batsilla) tashqi muhit taʼsirlariga juda chidamli. Tuproqda 80 yil va undan koʻproq muddatlarda oʻzining kasallik qoʻzgʻatish qobiliyatini saqlaydi. 100— 110 °S haroratga chidamli, past harorat, oshqozon shirasi unga umuman taʼsir etmaydi. Chirigan oʻlikda oʻlmaydi, suvda yillar davomida faol saqlanadi. Goʻsht, terini tuzlash, quritish sporaga taʼ
sir etmaydi.
Qoʻzgʻatuvchi dezinfeksion vositalardan 3% li kreo
lin, 5— 10% li oʻyuvchi natriy, 10— 20% li xlorli ohak, 1% li
formaldegid 2 soatda, 120— 140 °S quruq issiq 2— 3 soatda,
qaynatish 15— 30 daqiqada, avtoklav 120 °C da 5— 10 daqiqada
faolsizlantiradi.

Kasallikning tarqalishi



Kasallikka eng sezgir qora
mol, qoʻy-echki, ot, eshak, tuya, kiyik va barcha oʻt eydigan yov
voyi hayvonlar hisoblanadi.
Kasallik qoʻzgʻatuvchi manbai boʻlib (kasal hayvonlar,
ularning axlati, siydigi, soʻlagi bilan ajralgan bakteriyalar
kislorodli muhitda sporaga aylanadi) spora bilan
ifloslangan tashqi muhit predmetlari tuproq, xashak, don
mahsulotlari, yaylov, suv havzalari boʻlib xizmat qiladi.
Bundan tashqari, kuydirgi bilan kasallangan hayvon
goʻsht va goʻsht mahsulotlari, teri, jun, suyak va goʻsht uni ham
kasallik manbai boʻlishi mumkin. Kasallik qoʻzgʻatuvchilar
ni koʻp hollarda qon soʻruvchi hasharotlar va kemiruvchilar
uzoqlarga tarqatadi .
Kasallik asosan bahor, yoz va kuz oylarida koʻproq uch
raydi. Bunga kuchli yomgʻir, sel, daryo toshishi, kanal va ariq
qazish, qurilishlar, podani haydash, batsilla bilan iflos
langan yaylovda boqish, yozda qon soʻruvchi hasharotlarning
faollashishi, suv havzalaridan suv ichish kabi omillar
sabab boʻladi. Qishda faqat batsilla bilan ifloslangan
dagʻal xashak, suyak va goʻsht chivinlari kabi omillar taʼsi
rida kuydirgi kuzatilishi mumkin.

Kasallikni kechishi



Kasallik qoʻzgʻatuvchisi — batsilla aso
san alimentar, aerozol (chang) yoʻllar bilan hayvonlarning
shilliq pardalari yoki jarohatlangan terisi orqali kirib,
avvalo, oʻzidan agressin va ekzotoksin chiqarib, oʻzining pa
togenlik taʼsirini boshlaydi. Qoʻzgʻatuvchi organizmda kapsu
la hosil qilib, fagotsitozdan oʻzini himoya qiladi. Kasallik
qoʻzgʻatuvchi limfa tugunlari orqali qonga oʻtib, butun orga
nizmga tarqaladi va septitsemiyani hosil qiladi. Organizmda
kuchli zaharlanish kuzatiladi. Qonda kislota va ishqor muvo
zanat buzilib, qon ivimaydigan boʻlib qoladi, tana harorati
ni koʻtarilib, hayvonni oʻlimga olib keladi.

Klinik belgilari va shakllari



Kasallikning yashirin
davri 13 kun. U organizmning rezistentligiga, qoʻzgʻatuvchi
ning virulentligiga kirgan yoʻli va miqdoriga bogʻliq. Aso
san ikkita shakli: septik va karbunkul shakllari farqlana
di. Lekin patologik jarayonning joylashishiga qarab teri,
ichak, oʻpka hamda karbunkul shakllari ham mavjud.
Kasallik qoramollarda oʻta oʻtkir (shiddatli), oʻtkir,
yarim oʻtkir va atipik shakllarda kechadi.

Shiddatli kechganda ayrim holatlarda qoramollarda ka
sallikning klinik belgilari namoyon boʻlmasdan oʻlishi mum
kin. Koʻpincha tashqi koʻrinishda sogʻlom hayvon bir pastda ka
sallanib, qaltirab, muskullari tortishib, tutqanoqqa oʻxshab
yiqilib 1— 2 soat ichida oʻladi. Agar kasallik bir oz choʻzilsa,
qoramol va qoʻylar bezovtalanib, har narsadan qoʻrqavera
di, tana harorati 40— 42°S ga koʻtarilib, pulsi tezlashadi,
bezovtalanish
kuchayadi. Burun va ogʻzidan pufakli va qonli
suyuqlik oqadi. Tabiiy teshiklardan qon aralash suyuqlik keladi. Kasal hayvonlar odatda bir necha soatda oʻladi.

Yarim oʻtkir kechishi. Yuqorida qayd etilgan belgilar namoyon boʻladi, lekin sust rivojlanadi, ayrim holatlar

da xuddi tuzalayotganga oʻxshaydi, ammo hayvonning holati yomonlashib 68 kunlarida oʻladi.

Surunkali kechishi. Kasallik surunkali kechganda u 2-3 oy davom etadi va unda faqat keskin oriqlash kuzatiladi.

Abortiv shakli. Kasallik abortiv kechganda hayvonda tana haroratining biroz koʻtarilishi kuzatiladi va odatda

u tuzaladi.

Karbunkulyoz shakli. Kasallikning ushbu shakli kuydirgi oʻtkir va yarim oʻtkir kechganda ham boʻlaveradi. Karbunkulalar

hayvonning asosan bosh, elka, koʻkrak va qorin hududida zich, issiq va ogʻriqli suvli shish holida namoyon boʻladi.

Patologoanatomik oʻzgarishlari. Oʻlgan hayvon gavdasidagi oʻzgarishlarga murdaning qotmasligi, tez shishishi, tabiiy teshiklarda qotmagan qon oqishi kuzatilishi, qonning quyuq va qora boʻlishi kuydirgidan darakdir. Epizootologik maʼlumotlar kuydirgi kasalligiga gumonlik bersa, oʻlgan hayvonni yorish taqiqlanadi.

Tashxisi



Kasallikka tashxis klinik belgilari, epizootologik maʼlumotlar, patologoanatomik oʻzgarishlarni
inobatga olib, yakuniy tashxis laborator tekshirishlar natijalariga asoslanib qoʻyiladi. Namuna uchun kesib olingan quloqning kesilgan va oʻlgan hayvonda qolgan quloqning kesilgan tomonlari qon oqmasligi uchun qizdirilgan temir bilan kuydiriladi. Patologik namunalar avval 13% li karbol kislota shimdirilgan toza gazlama yoki dokaga oʻraladi, keyin pergament qogʻoz, ustidan polietilen plenka bilan oʻraladi va metall konteynerga joylashtiriladi va maxsus steril idishga soli
nib, laboratoriyaga tekshirish uchun bir kishi orqali, yoʻl
lanma xat bilan yuboriladi.

Differensial tashxisi



Kasallikni qorason, pasterel
lyoz va piroplazmidozlardan, qoʻylarda uchraydigan bradzot,
enterotoksemiya kasalliklaridan farq qilish kerak.

Davolash



Kasal hayvonlar darhol izolyatorga oʻtkazi
lib, davolashga kirishiladi.
Kuydirgini davolash uchun giperimmun qon zardobla-
ri qoʻllaniladi. Yuborishdan oldin zardob suv hammomida
37 °C gacha qizdiriladi. U profilaktik va davolash uchun
teri ostiga yuboriladi. Bu preparat ot, qoramol, tuyalarda
profilaktika uchun 15— 20 ml, davolash maqsadida 100— 200 ml,
qoʻy-echki va choʻchqalarda mos ravishda 8— 10 ml va 50— 100 ml
miqdorda qoʻllaniladi. Kasallik jarayoni ogʻir kechsa, zar
dobni venaga yoki qorin boʻshligʻiga yuborsa ham boʻladi. Pas
siv immunitet 14— 15 kun davom etadi. Giperimmun qon zardo
bi antibiotiklar (penitsillin, biomitsin, streptomitsin,
ekmonovotsillin) bilan qoʻshib yuborilsa, yanada yaxshi naf
beradi. Anafilatik shokni oldini olish uchun qon zardobi oldin 0,5— 1 ml miqdorda teri ostiga yuboriladi, keyin
hayvonda noxush belgilar kuzatilmasa, zardobning qolgan
dozasi teri ostiga yuboriladi. 100 kg ogʻirlikka 500,0 ming
TB dozada 3 marta penitsillin yuboriladi, venaga 1 g ter
romitsinni 10% li eritmada uch kun yuborish yaxshi natija
berishi isbotlangan.
Streptomitsin va tetratsiklin birgalikda muskul orasiga bir sutkada 4 marta yuboriladi. Kasallik karbunkul
yoki tomoq shishi holatida kechganda esa, karbol kislotaning
3— 5% li eritmasini patologik jarayon atrofiga yuborish
yaxshi natija beradi. Davolash uchun kuydirgiga qarshi gi
perimmun qon zardobidan olingan gammaglobulin yubo
rilsa, natijasi zardobga nisbatan ham samaraliroq boʻla
di. Uning oldini olish dozasi qoʻylarga 3 ml, qoramollarga
7,5 ml, davolash dozasi tegishlicha 20— 80 ml.

Kasallikning oldini olish va qarshi kurashish choralari




Kuydirgiga qarshi ishlatiladigan 55 shtammdan tayyorlangan suyuq va quruq vaksinalar mavjud. Vaksinaning 1 ml
da 20-25 mln tirik spora mavjud. Vaksina profilaktik va
majburiy emlash uchun teri ostiga yuboriladi. Kuydirgiga
qarshi emlashni faqat veterinariya vrachlari bajarishi
shart
Yosh hayvonlar 3 oylikkacha emlashga ruxsat etilmaydi.
Qoʻy-echkilarga boʻyin, koʻkrak yoki sonning ichki tomoniga
0,5 ml yuboriladi. Ot, qoramol, bugʻi, tuya, moʻynali hayvon
larga boʻyinga, choʻchqalarga quloq orti yoki sonning ichki
qismiga 1,0 ml dan yuboriladi. Immunitet 10 kundan keyin
paydo boʻlib, 18 oy davom etadi. Kuruq sporali 55 shtammdan
tayyorlangan vaksina steril holatdagi fiziologik eritma
yoki distillangan suvda eritiladi.
Emlangan hayvonlarni 14 kundan soʻng soʻyish mumkin.
Xoʻjalikda hayvonlar orasida kasallik aniqlanishi
bilan veterinar mutaxassisi darhol bu haqda tuman vete
rinariya boʻlimini va sanitariya-epidemiologiya nazorati
xodimini xabardor qiladi. Tuman (shahar) hokimi qarori bilan karantin qoʻyiladi. Karantin talablari boʻyicha
quyidagilar
taqiqlanadi:
Sogʻlomlashtirish tadbirlarida dezobarer va kechayu
kunduz ishlaydigan qorovullik posti tashkil etiladi. Hayvon turgan binolar har kuni dezinfeksiya qilinadi. Oʻlgan hayvon kuydiriladi. Qoldiq xashak, goʻng va boshqa chiqindilar kuydiriladi. Kasallarni parvarish qilish uchun alohida odam ajratiladi va u maxsus himoya kiyimlari bilan taʼminlanadi. Hayvon oʻlgan joy 10% li oʻyuvchi natriy bilan dezinfeksiya qilinib, 15— 20 sm chuqurlikda kovlanib, tuprogʻi 25% li faol xlorli ohak bilan aralashtirilib, 2 m chuqurlikka koʻmiladi va usti betonlanib, „Kuydirgi“ belgisi va sana yozib qoʻyiladi. Dezinfeksiya uchun 10% li oʻyuvchi natriy, 4% li formaldegid, 10% li bir xlorli yod, 7% li vodorod peroksid, 2% li glyutar aldegid qoʻllaniladi.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz