Kuy avjida uzilmasin tor




„Kuy avjida uzilmasin tor“ — oʻzbek shoiri Erkin Vohidov qalamiga mansub sheʼriy toʻplam. 1986-yil Moskva shahrida „Xudojestvennaya literatura“ nashriyotida rus tilida chop etilgan. 1991-yil Toshkent shahrida Gʻafur Gʻulom nomidagi nashriyot-matbaa birlashmasida oʻzbek tilida chop etilgan.

Ruscha nashr



Ruscha nashr 1986-yil Moskva shahrida „Xudojestvennaya literatura“ nashriyotida chop etilgan. Asar kirish soʻzini Robert Rojdestvenskiy yozgan. Kitob adadi – 10 000 nusxa.

Oʻzbekcha nashr



Oʻzbekcha nashr 1991-yil Toshkent shahrida Gʻafur Gʻulom nomidagi nashriyot-matbaa birlashmasida chop etilgan. Toʻplamga muallif 1960-, 1970- hamda 1980-yillarda yozgan sheʼrlari va „Ruhlar isyoni“ dostoni kiritilgan. Asar rasmlarini I. Kiriakidi chizgan.

Oʻzbekcha nashr boshida Vohidovning tarjimai holi keltililgan. Asar „Kuy avjida uzilmasin tor“, „Dildorga noma yozdim“, „Oʻrtada begona yoʻq“, „Ona tilim oʻlmaydi“ turkumlariga boʻlingan.

Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz