KUSKO
KUSKO — Peruning Janub qismidagi shahar, PUVA yassitog’ligida, 3400 metr balandlikda. Kusko departamentining ma’muriy markazi. Aholisi 291 ming kishi (2000). Temir yo’l stantsiyasi. Qishloq xo’jalik rayonining savdo markazi. To’qimachilik, oziq-ovqat sanoati korxonalari mavjud. Hunarmandchilik rivojlangan. Kusko kechua indeyslarining muhim madaniy markazi. Milliy universitet (1692), musiqa maktabi, nafis san’at maktabi, kutubxona, muzeylar, jumladan, Milliy universitetning Arxeologiya instituti va muzeyi bor. Qadimgi inklar daapatining poytaxti (11 -asrda asos solingan) bo’lgan. Saroy va soborlar, movastirlar, cherkovlarning qoldiklari saqlangan. Turizm markazi.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
TEZ YUK MARKAZ
Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish
Guruhga kirish
Uzpedia.uz