KUSHKA
KUSHKA, Kushk — Afg’oniston va Turkmanistondagi Daryo. Murg’ob daryosining eng yirik chap irmog’i. Paropamiz tog’tizmasining shimoliy tarmoqlaridan boshlanadi. Uzunligi 277 kilometr (shundan qariyb 150 kilometr Afg’oniston hududida), havzasining maydoni 10,7 ming kilometr kvadr. Atmosfera yog’inlari va qor erishidan to’yinadi. Yozda qurib qoladi. O’rtacha yillik suv sarfi quyilish joyida 3,52 m3/sek. Kushka vodiysida Sarhadobod shahri joylashgan.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
TEZ YUK MARKAZ
Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish
Guruhga kirish
Uzpedia.uz