Kurtis MacDermid




Kurtis MacDermid (talaffuzi: Kurtis MakDermid; 1994-yil 25-martda tugʻilgan) — Kanadalik professional xokkey himoyachisi. Hozirda u Milliy Xokkey Ligasining (NHL) Colorado Avalanche jamoasida oʻynaydi. MacDermid 2022-yilda Avalanche jamoasi bilan Stanley kubogini qoʻlga kiritgan.

Jamoalardagi faoliyati



MacDermid dastlab Katta Ontario Junior Xokkey Ligasida Owen Sound Greys jamoasi bilan oʻynagan. U 2010-yilgi OHL draftida Owen Sound Attack tomonidan 139-oʻrinda jamoa tarkibiga tanlangan. Keyinchalik esa u 2011—2012-yilgi mavsumda Attack jamoasi bilan Ontario Xokkey Ligasida debyut qilgan.

U 2014—2015-yilgi mavsumni Erie Otters jamoasi bilan yakunlagan va 2015—2016-yilgi mavsumni boshlash uchun AHLdagi Ontario Reign jamoasi bilan shartnoma imzolagan.

2020-yil 3-yanvarda MacDermid noqonuniy tekshiruv uchun 2 ta oʻyinga diskvalifikatsiya qilindi.

2021-yil 21-iyulda MacDermid Seattle Kraken jamoasi tomonidan 2021-yilgi NHL draftida jamoa tarkibiga tanlangan. 2021-yil 27-iyulda Kraken jamoasi uni toʻrtinchi raund tanlovi evaziga Colorado Avalanche jamoasiga transfer qilgan. MacDermid 2022-yil 5-aprelda Avalanche jamoasi bilan ikki yillik shartnoma muddatini uzaytirgan.

Shaxsiy hayoti



MacDermid NHLning sobiq oʻyinchisi Paul MacDermidning oʻgʻlidir. U Quebec shahrida tugʻilgan, ammo Ontarioning Sauble Beach shahrida oʻsgan. Uning akasi Lane ham NHLda Boston Bruins, Boston Bruins va Calgary Flames jamoalarida oʻynagan.

Jamoalardagi faoliyat statistikasi




Mukofot va unvonlari




Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz