Kurt Zouma
Kurt Happy Zouma (fransuzcha: Kurt Happy Zouma; 1994-yil 27-oktabrda, Fransiyaning Lion shahrida tugʻilgan) — fransuz futbolchisi, Angliyaning „Vest Xem United“ klubi va Fransiya terma jamoasida himoyachi sifatida oʻynaydi.
Klub martaba
Kurt Vod-an-Velin klubining yoshlar jamoasida oʻynagan. 2011-yil 2-aprelda Zouma klub bilan birinchi professional shartnomasini imzolagan. U 2011/12-yilgi mavsumda asosiy jamoada oʻynay boshlagan. Kurtning asosiy jamoadagi debyuti 2011-yil 31-avgustda Liga kubogi doirasida „Bordo“ ga qarshi oʻyinda boʻlib oʻtgan. Kurt Zouma butun oʻyinni maydonda oʻtkazdi va u „Sent-Etyen“ning 3:1 hisobidagi gʻalabasi bilan yakunlandi. 2014-yilda Zouma Angliyaning „Chelsea“ klubi bilan 5 yillik shartnoma imzoladi, biroq mavsum oxirigacha „Sent-Etyen“ klubida ijarada qoldi. Zoumaning katta akasi Lionel bor, u ham professional futbolchi va „Sosho“ klubida oʻynaydi.
2014/15-yilgi mavsumda Zouma Londonning "Chelsea" jamoasida oʻynay boshladi. 24-sentabr kuni Zouma futbol liga kubogining 3-bosqichi doirasida „Bolton Uonderers“ ga qarshi oʻyinda „Chelsea“ ga urilgan gol bilan shaxsiy hisobini ochdi. 2017-yilning 21-iyulida Kurt 2017/18-yilgi mavsum oxirigacha ijara asosida „Stok City“ klubiga o‘tdi. U 2018/19-yilgi mavsumni "Everton" da ijara asosida oʻtkazdi.
2021-yil 28-avgustda Kurt Zouma „Vest Xem United“ bilan 29,8 million funt sterlingga toʻrt yillik shartnoma imzoladi.
Xalqaro martaba
U 16 yoshgacha, 17 yoshgacha, 19 yoshgacha, 20 yoshgacha va 21 yoshgacha Fransiya terma jamoalarida qatnashgan. Zouma 2015-yilning 28-mart kuni Daniyaga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida Fransiya terma jamoasi safida debyut qilgan va 2:0 hisobidagi g‘alaba bilan yakunlangan.
Yutuqlar
Jamoa yutuqlari
"Chelsi" Shaxsiy yutuqlar
Shahsiy hayot
Zoumaning ota-onasi Fransiyaga Markaziy Afrika Respublikasidan koʻchib kelgan. Uning Lionel ismli akasi bor, u ham professional futbolchi.
Xalqaro statistika
14 fevral 2016 [11]
Terma jamoa uchun oʻyinlar va gollar
Manbalar
uz.wikipedia.org