Kurt Jara




Kurt Jara (1950-yil 14-oktyabrda tugʻilgan) — avstriyalik futbol murabbiyi va yarim himoyachi sifatida klublarda va Avstriya milliy terma jamoasida oʻynagan sobiq professional futbolchi.

Futbolchilik karyerasi



Klubdagi karyerasi



Innsbrukda tavallud topgan Jara oʻzining ilk professional faoliyatini mahalliy "Wacker Innsbruck" jamoasida boshlagan, keyinchalik unga turli klublar qiziqish bildira boshlagan va 1973-yilda Ispaniyaning "Valensiya CF" jamoasiga oʻtgan. Keyinchalik La Ligadagi ikki mavsumidan soʻng u Germaniya Bundesliganing jamoasi MSV Duisburgdan taklif oladi va Jara tez orada yangi klubga borib qoʻshiladi. Yangi klubda muvaffaqiyatarga erisha boshlaydi va u yerda umumiy besh mavsum oʻtkazadi. 1979-yilga kelib jamoasi bilan UEFA kubogi yarim finaliga chiqadi. FC Schalke 04 bilan Germaniyada yana bir mavsumidan soʻng, u Grasshopper bilan Shveytsariya Superligasida faoliyatini yakunladi. Futbolchi sifatida nafaqaga chiqqandan soʻng darhol Grasshopperda murabbiy boʻldi.

Terma jamoadagi karyerasi



U Avstriya terma jamoasi safida 1971-yil iyul oyida San-Pauluda Braziliyaga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvida debyut qilgan va 1978-yilgi hamda, 1982- yilgi jahon chempionatlarida ishtirok etgan. U terma jamoada 59 ta o‘yin o‘tkazib, 14 ta gol urgan. Uning soʻnggi terma jamoa safidagi oʻyini 1985-yil aprel oyida Vengriyaga qarshi Jahon chempionati saralash oʻyini boʻlgan.

Murabbiylik karyerasi



Murabbiy sifatida u oʻtmishda Shveytsariyaning "Grasshopper", "Sent Gallen" va "FK Tsyurix" klublari, Avstriyaning "VfB Mödling", "Ksanti", "APOEL", "Tirol Innsbruck", " Gamburger SV" va "1.Kayzerslautern FK" jamoalarini boshqargan. 2005-2006 yilgi mavsumda u Red Bull Salzburgini boshqargan.

Karyera statistikasi




Yutuqlar



Oʻyinchi sifatida




Murabbiy sifatida



Grasshoppers

Hamburger SV

Ma'lumotnomalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz