Kurt Cobain




Kurt Donald Cobain (talaffuzi: Kurt Donald Kobeyn; 1967-yil 20-fevral — tax. 1994-yil 5-aprel) Nirvana rok guruhining asoschisi, solisti, gitarachisi va qoʻshiqnavisidir.

Hayoti



Cobain 1967-yilning 20-fevralida Vashington shtatining Aberdeen shahrida tugʻilgan. Ota-onasi ajrashgan boʻlgani uchun bolalik chogʻlarini qarindoshlarinikida oʻtkazgan. Yngwie Malmsteenni gitara chalishini yoqtirar edi. Shu sababdan birinchi gitarasini 14 yoshligida, amakisidan bir velosiped oʻrniga oldi. Kollejda oʻqiyotgan davrlarida odam anatomiyasi va adabiyotga qiziqar edi. Koʻp vaqtini kutubxonalarda kitoblardagi sheʼrlarni yodlash bilan oʻtkazar edi. U yerda Nirvananing baʼzi qoʻshiqlarini yozadi.

Cobain kollejdaligida narkotik bilan tanishadi. Organizmi marihuanaga oʻrganib qoladi. 1980-yilda narkotiklarning odamlarga qanchalik yomon taʼsir qilganini koʻrib, tashlamoqchi boʻladi, biroq tashlay olmadi. Endi narkotik uning hayotini bir parchasiga aylandi va kelajakda bu albatta unga oʻz taʼsirini oʻtkazadi.

Elektrogitara olgan kunidan boshlab doʻstlari bilan guruh qurmoqchi boʻladi. „Nirvana“ni tashkil qilishdan oldin shaharma-shahar sayohat qilib ijod qilar edi. Keyinchalik kollejda pank-rok musiqasi muxlisi Krist Novoselic bilan tanishadi. Bir necha yildan keyin ular guruh quradilar.

Bir necha yil bir qancha barabanchi alishtirdilar. Keyin nihoyat Chad Channingni qoʻshilishi bilan Nirvana guruhi tashkil qilinadi. Birinchi albomlari „Bleach“ni 1989-yil chiqaradilar. Kurt Channingni baraban chalishini yoqtirmaydi va oz vaqt oʻtgandan keyin Chadning oʻrniga Dave Grohl keladi. Nevermind albomi chiqqan 1991-yil guruhning eng muvafaqqiyatli yillaridan biri edi. Albomdagi „Smells Like Teen Spirit“ bir qancha xit-paradda birinchi oʻrin oldi.

1992-yil Courtney Love bilan turmush quradi va oʻsha yili qizi, Frances Bean Cobain tugʻiladi. 1993- va 1994-yillar Kurtning mashhurlik choʻqqisiga erishgan yillar boʻladi. Bu Mashhurlik Kurtga uncha yoqmas edi.

1994-yil aprel oyida koʻp dozada narkotik qabul qilib, oʻzini oʻldirgan Kurt, oʻlganidan keyin juda koʻp soʻroq belgilari qoldiradi. Cobain narkoman ekanligini hamma bilsa-da, oʻlimidan keyin bir qancha nazariyalar paydo boʻladi.

Bu teoriyalardan bittasi, Cobainning qonida bir odamni oʻldirishga yetadigan, juda kotta dozada geroin topilganligidir. Cobain oʻldiradigan dozadan 3-martta koʻp geroin qabul qiladi va toʻpponcha bilan ogʻzidan otilgan holda topiladi. Bu vahshiyliklarni oʻziga qilishi mumkin emas edi. Oʻlimidan oldin yozib qoldirgan xatning oxirida Courtneyning yozuvlari ham bor edi. Bu mavzu halizgacha ochiqlana olmadi.

Cobain, guruhni ijodini tushunmasdan unga muxlislik qilgan muxlislardan jahli chiqar edi. Eng yomon hodisalardan bittasi, ikki erkak Nirvananing „Polly“ qoʻshigʻini kuylab bir yosh ayolni zoʻrlaganliklari edi. Cobain bu hodisaga oʻz qarshiligini quyidagicha izohladi: „Oʻtgan yili bir yosh qiz, „Polly“ nomli qoʻshigʻimizni kuylayotgan ikki sperma va tuxum isrofchilari tarafidan zoʻrlandi. Muxlislarimizni orasida shunaqa planktonlar borligini bilib yashash men uchun juda qiyin“.

Oʻlimi haqidagi nazariyalar




Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz