Kursk shahri
Kursk (ruscha: Курсќ) Rossiya Federatsiyasidagi shahar, Kursk viloyatining markazi, Kursk tumaning markazi. Moskva shahridan 530 km janubda joylashgan. O'rta asrlarda Kursk knyazligi poytaxti bo'lgan. Seym daryosi boʻyida. Kursk tuguni. Moskva—Simferopol avtomagistralida. Aholisi 445,5 ming kishi (1998). Mashinasozlik ("Schyotmash", akkumulyator, elektroapparat zavodlari), kimyo (kimyoviy tola, texnik rezina buyumlari), kimyo-farmatsevtika, yengil, oziq-ovqat sanoati korxonalari, 4 oliy oʻquv yurti, 2 teatr, oʻlkashunoslik, Kursk jangi (1943) harbiy-tarixiy muzeylari, suratlar galereyasi bor. Kursk 1032 yildan Kiyev Rusi qalʼasi sifatida maʼlum. 14-asr dan Litva, 1508 yildan Rossiya tarkibida. K.da 17— 19-asrlar meʼmoriy yodgorliklari, Troitsa cherkovi saqlangan.
Aholisi
Shahar aholisining yarmidan oshigʻini ruslar tashkil qiladi. Rasmiy bayonotga koʻra aholi soni 443 212 ming kishini tashkil qiladi.
Kurskning aholisi
Tarixi
Kurskda birinchi shahar ko'rinishlari 1032-yilda ko'zga tashlangan. Shaharga 1095-yilda asos solingan. XI-XIII asrlarda Kursk knyazligi hukm surgan. Birinchi Kursk knyazlari Izyaslav Vladimirovich, o'g'li Vladimir Monomaxlar bo'lgan.
Ma'daniyat va san'at
Kutubxona
Birodar shaharlari
Cherniy, Rossiya
Novgorod-Volinskiy, Ukraina
Donetsk, Ukraina
Gomel, Belarusiya
Postav, Belarusiya
Manbalar
uz.wikipedia.org