Kurs




Kurs (lot. cursus — yugurish, harakat)— 1) oliy va oʻrta maxsus oʻquv yurtlarida oʻquv davri, bosqichi (mas, birinchi K., ikkinchi K. va h. k.); 2) biror fan va ilm sohasining muayyan doiradagi tugallangan bayoni (mas, taʼlimning K. tizimi); 3) dengiz va havo transportining tutgan yoʻli, yoʻnalishi (mas, kema K.i); 4) siyosat, ijtimoiy va boshqa faoliyatlarda yoʻnalish (mas, islohotlar Kurs); 5) bir mamlakat pul birligi bahosining boshqa mamlakat pul birligidagi ifodasi (qarang Valyuta kursi); 6) birjada sotib olinadigan va sotiladigan aksiya, obligatsiya, veksel va boshqa qimmatbaho qogʻozlar bahosi, varxi; 7) tugallangan harakat, muolaja (davolash Kurs); 8) ishlab chiqarish va boshqarish, fan, madaniyat, taʼlim, sogʻliqni saqlash va boshqa sohalarda xodimlar tayyorlash va malaka oshirish shakllaridan biri.

Manbalar






uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz