Kuren




Kuren (moʻgʻulcha xureen — qalqa, qarorgoh) — 1) koʻchmanchilar yashaydigan manzil. Moʻgʻullarning oʻtovlari va arana uylari halqa shaklida oʻrnatilgan, oʻrtada qabila boshligʻi (urugʻ oqsoqoli)ning oʻtovi boʻlgan. K. soʻzining olomon, qabila maʼnolari ham bor. (V. Radlov); 2) ruscha kuren (uy) soʻzi ham K.dan olingan. Zaporojye Sechit joylashgan harbiy boʻlinma. Bu K. 38 ta kazaqlar K.iga boʻlingan. K.lar kazaqlarning kelgan joyi nomi bilan atalgan (mas. Poltana K. i, Uman Kuren va boshqalar); 3) oʻzbekcha "koʻchkoʻron" soʻzi tarkibidagi koʻron oʻsha moʻgʻulcha soʻzdan kelib chiqqan. Keyingi asrlarda bu soʻz Xiva xonligida atrofi devor bilan oʻralgan istehkomga nisbatan qoʻllanilgan; tevarak-atrofdagi kishilar yovgarchilikda ana shu joyga yashiringan. Navoiy viloyatining, Konimex tumanida K. nomi bilan ataladigan qishloq ham bor.

Manbalar






uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz