Kurd—Turk ziddiyati (1978-yildan—hozirgacha)
Kurd-turk ziddiyati Turkiya Respublikasi va mustaqil Kurdiston yaratish uchun Turkiyadan ajralib chiqishni talab qilgan yoki Turkiya Respublikasi hududida kurdlar uchun muxtoriyat va kengroq siyosiy hamda madaniy huquqlarni taʼminlashga urinayotgan turli kurd isyonchi guruhlari qurolli toʻqnashuvidir.
Asosiy isyonchi guruh Kurd ishchilar partiyasi (PKK) (Kurdcha: Partiya Karkerên Kurdistanê) hisoblanadi. Kurd-turk mojarosi koʻplab mintaqalarga yoyilgan boʻlsa-da, mojarolarning aksariyati Turkiya janubi-sharqiga toʻgʻri keladigan Shimoliy Kurdistonda sodir boʻlgan. PKKning Iroq Kurdistonida mavjudligi Turkiya Qurolli Kuchlarining mintaqaga tez-tez quruqlikdan bostirib kirishi, havo va artilleriya hujumlarini amalga oshirishiga sabab boʻlib, uning Suriya Kurdistonidagi taʼsiri u yerda ham xuddi shunday faoliyatga sabab boʻlmoqda. Mojaro asosan harbiy xarajatlar tufayli Turkiya iqtisodiyotiga 300 dan 450 milliard dollargacha zarar keltirdi. Mojaro, shuningdek, Turkiya turizmiga ham salbiy taʼsir koʻrsatmoqda.
Izohlar
Manbalar
uz.wikipedia.org