KURD TILI



KURD TILI — kurdlar tili. Hind- Yevropa tillari oilasining eroniy tillar guruhiga mansub. Turkiya, Eron, Suriyada hamda Zakavkazedagi mamlakatlarda tarqalgan. Kurd tilida so’zlashuvchilarning umumiy soni taxminan 20 million kishidan ortiq (1993). Shimoliy Iroqdagi Kurd Muxtor viloyatining (Arab tili bilan bir qatorda) rasmiy tili. Kurmonji va Su- Roni lahjalariga bo’linadi. Hozirgi Kurd tili Arab (Iroq, Eron, Suriyada) va Kirill (Zakavkazeda) alifbosi asosidagi yozuvlarga ega.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

TEZ YUK MARKAZ

Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish

Guruhga kirish


Uzpedia.uz