Kura–Araxes madaniyati
Kura-Araz madaniyati , yoki
Kur-Araz madaniyati ,
Mtkvar-Araxs - madaniyati yoki
Ilk Zaqafqaziya madaniyati miloddan avvalgi 4000-yildan 2000-yilgacha mavjud boʻlgan sivilizatsiya
boʻlib, u anʼanaviy ravishda tugash sanasi hisoblanadi, baʼzi joylarda u miloddan avvalgi 2600 yoki 2700-yillarda yoʻqolgan boʻlishi mumkin degan tahminlar ham bor. Ushbu madaniyatning eng dastlabki dalillari Ararat tekisligida topilgan. Miloddan avvalgi 3000-yilga kelib Kavkazda shimolga tarqaladi.
Umuman olganda, dastlabki Transkavkaz madaniyati taxminan 1000 ga yaqin hududni oʻz ichiga qamrab olgan yaʼni 500 km ni tashkil etgan va asosan Janubiy Kavkazning zamonaviy hududlarini (Gʻarbiy Gruziyadan tashqari), Eronning shimoli-gʻarbiy qismi, Kavkazning shimoli-sharqiy qismi, Turkiyaning sharqiy qismi va Suriyagacha boʻlgan hududlarni oʻz ichiga qamrab olgan.
Madaniyat nomi Kura va Araks daryolari vodiylaridan olingan. Kura-Araxes madaniyati baʼzan Shengaviyan, Karaz (Erzurum), Pulur va Yanik Tepe (Eron Ozarbayjon, Urmiya koʻli yaqinida) madaniyatlari sifatida ham taniib kelingan. Bu Janubiy Kavkaz va Arman togʻlarining Levant va Trialeti-Vanadzor madaniyatida uchraydigan Xirbet Kerak idishlar madaniyatini keltirib chiqardi.
Avvalgi tarixi
Kura-Araxes madaniy majmuasining shakllanish jarayonlari, uning paydo boʻlish sanasi va sharoitlari uzoq vaqtdan beri muhokama qilinib kelingan.
Shulaveri-Shomu madaniyati mintaqada Kura-Araks madaniyatidan oldin boʻlgan. Bu ikki madaniyat oʻrtasida juda koʻp farqlar bor edi, shuning uchun aloqa aniq holatda emas edi. Keyinchalik, Sharqiy Gruziyadagi Sioni madaniyati Shulaveridan Kura-Araks madaniy majmuasiga oʻtish davrini ifodalaganligi taxmin qilinadi.
Koʻpgina joylarda Sioni madaniyat qatlamlarini Shulaver-Shomu-Tepe qatlamlari va Kura-Araxes qatlamlari oʻrtasida vositachi ham sifatida koʻrish mumkin boʻladi. Ushbu turdagi stratigrafiya miloddan avvalgi 4000-yillarda Sioni madaniyatining xronologik oʻrnini kafolatlaydi.
Kengayishi
Kura-Araxs madaniyatining elementlari gʻarbga Erzurum tekisligidan tortib, janubi-gʻarbga Kilikiyaga va janubi-sharqga Van koʻli hududiga va Erondagi Urmiya havzasi ostidagi Godin Tepaga qadar oʻta boshlagan. Nihoyat, u hozirgi Suriya (Amuq vodiysi) va Falastingacha davom etdi yaʼni hududi kengligi shu yerga qadar choʻzilgan.
Metallurgiya
Kulolchilik
Ularning kulollari oʻziga xos edi. Savdo yoʻllari boʻylab kulolchilikning atrofdagi madaniyatlarga tarqalishi ularning mamlakatdagi har qanday yutuqlaridan koʻra koʻproq taʼsirli boʻlgan edi. U geometrik naqshlar yordamida qora va qizil rangga boʻyab qoʻyilgan. Misollar sifatida janubda Suriya va Isroil, shimolda esa Dogʻiston va Chechenistonda topilgan namunalarni misol sifatida quyosh munkin. Ushbu kulolchilikning tarqalishi, bosqinchilikning arxeologik dalillari bilan bir qatorda, Kura-Araks xalqi oʻz uylaridan tashqariga tarqalib ketgan va albatta, keng savdo aloqalari boʻlgan holatlarni boʻlishi mumkinligini koʻrsatadi. Jaimoukhaning fikricha, uning janubiy kengliklari birinchi navbatda Mitanni va Hurrianslarga tegishli wknaligi haqida oʻz fikrini bildirgan.
Yana qarang
Manbalar
uz.wikipedia.org